"Avvalo, Yangi Özbekistonning yangilanayotgan matbuotida, teleradiokanallar, internet naşrlari, naşriyot va matbaa korxonalarida, axborot xizmatlari va platformalarida öz burçini sidqidildan ado etib kelayotgan siz, hurmatli jurnalistlar, muhtaram faxriylarni, barça ijodiy va texnik xodimlarni bugungi kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos şiddat bilan özgarayotgan hozirgi öta murakkab va notinç dunyoda ommaviy axborot vositalarining örni va ta’siri har qaçongidan ham kuçli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.

Şu ma’noda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatiş bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining maşaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, öylaymanki, örinli böladi.

Uşbu qutluğ ayyomda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tarixiy işlarga öz iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qöşib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barça xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etiş men uçun katta şarafdir", deydi prezident.

Ta’kidlanişiça, respublikada faoliyat körsatayotgan 2 ming 400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarining 65 foizi nodavlat sektor hissasiga töğri kelayotgani, xususiy naşrlar, teleradiokanallar, internet resurslari tobora ortib, ulardan foydalanuvçilar soni 14,7 milliondan 32,7 millionga yetgani, axborot kontentlarini yaratuvçilar safi kengayib borayotgani mamlakat media sohasidagi salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, milliy mediakontentni rivojlantiriş yölida yoş ijodkorlar, mustaqil studiya va prodyuserlik markazlari faoliyati qöllab-quvvatlanayotgani virtual makonda yuksak sifatli, raqobatbardoş loyihalar paydo bölişi uçun zamin yaratmoqda.

"Mamlakatimizda fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini, matbuot va söz erkinligining qonuniy ijrosini ta’minlaş böyiça sezilarli işlar amalga oşirilmoqda. Biz kelajagimiz egalari bölgan farzandlarimizni barkamol etib tarbiyalaş bilan birga, ularni zararli axborotlardan himoya qilişga ham alohida e’tibor bermoqdamiz. Bu borada 2030 yilgaça bolalar uçun möljallangan milliy kontentlar, jumladan, naşr mahsulotlari foyda soliğidan ozod qilinib, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilangani, qöşilgan qiymat soliğini qaytariş tartibi joriy etilgani muhim qadam böldi.

Ana şu özgarişlarning davomi sifatida yaqinda Bolalar kontentini rivojlantiriş markazini taşkil etdik. Uşbu markaz yoş avlodimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularni ezgulik va ma’rifatga oşno etiş böyiça amaliy harakatlarni boşlab yuborgani albatta e’tiborlidir.