Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi
Toshkent xalqaro aeroportida 35 yoshli ayol o‘ziga tanish 33 yoshli ayolni aldab, uni Moskva shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Foto: Toshkent viloyati IIB
Toshkent shahrida Toshkent viloyati IIBB, DXX viloyat boshqarmasi hamda Ohangaron shahar IIB tezkor xodimlari odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli ayolni aldab, ko‘p daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Moskva shahriga shahvoniy ekspluatatsiya – fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari boshlangan.
Odam savdosi jinoyatini sodir qilganlar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:29 / 13.02.2026
Prezident Ohangaronda maishiy texnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 13.02.2026
Ohangaronda mis quvurlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
13:34 / 13.02.2026