Prezident farmoniga muvofiq, odam savdosidan jabrlangan erkaklar, çet el fuqarolari hamda maxsus dasturlar asosida Özbekistonga olib kelingan repatriantlar faqat Odam savdosi jabrdiydalariga yordam beriş böyiça respublika reabilitatsiya markaziga qabul qilinadi.

Şuningdek, ixtisoslaşgan hududiy markazlarning odam savdosidan jabrlangan şaxslarni qabul qiliş va ularga xizmat körsatiş bilan boğliq faoliyati respublika ixtisoslaşgan markazi tomonidan muvofiqlaştiriladi.

Yangi tartibga köra, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan şaxslar ixtisoslaşgan markazlar xizmatlaridan bir oygaça, odam savdosidan jabrlangan deb rasman tan olingan şaxslar esa köpi bilan olti oy davomida foydalanişi mumkin.

Bunda şaxslar özlariga tegişli maqom berilgan kundan boşlab belgilangan muddatlarda mazkur markazlarga murojaat qiliş huquqiga ega böladi. Şu bilan birga, bir şaxs dastlabki identifikatsiya böyiça takroran uşbu markazlarga joylaştirilmaydi.

Farmon bilan odam savdosidan jabrlanganlarning ixtisoslaşgan markazlarga borib-kelişi bilan boğliq transport xarajatlarini qoplaş tartibi ham joriy etildi. Unga köra, respublika reabilitatsiya markaziga qatnov uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari, hududiy markazlarga qatnov uçun esa BHMning yarim baravari miqdoridagi mablağ «Saxovat va kömak» jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.