Ohangaron tumanida joylaşgan, kuniga taxminan 3,5 ming tonna çiqindi qabul qiladigan çiqindi poligonida bir neça kun avval yirik yonğin sodir böldi. Rasmiylar hodisani havo haroratining keskin kötarilişi bilan izohlamoqda. Biroq Kun.uz suhbatlaşgan voqea guvohlari va mahalliy aholi butunlay boşqa manzarani tasvirladi. Ularning ta’kidlaşiça, bu yerda çiqindilar birinçi marta yonmayapti va yonğinlar, asosan, tungi vaqtda kuzatiladi.

“Çiqindi köpligi uçun yoqib yuborişyapti deb öylayman”

“Kunduzi heç qanday tutun bölmaydi. Aynan keçqurun olov çiqadi, kengligi 100 metr, balandligi 200-300 metr balandlikda qip-qizil bölib yonadi. Zavodda keçki smenada xitoylik va özimizning özbek işçilar işlaydi. Bitta smenada 8-9 ta niqob almaştirişga majbur bölişadi. Xonaga (işdan keyin) kelgan paytida usti töla kul böladi, yonadigan joy uzoq, lekin ust-boş tutun böladi. Bu yoqda Navröz qişloği bor, şu qişloqdagi mahalliy aholigaça boradi tutun. Bu yoği Qiziltoğ köprigigaça boradi. Şamol bölgan kunlari işçilar bemalol işlaşadi, çunki şamol tutunni Toşkent şahri tomonga olib ketadi. Keçasi 22:30 dan ertalabki 8:00 gaça tutun böladi.

Bir kuni qarasam “Labo” turibdi, orqasida solyarka töla kanistr bor. Bu (yonğin) maxsus uyuştirilgan. Çiqindi köpligi uçun yoqib yuborişyapti deb öylayman. Agar tabiiy ofat bölsa, kunning issiğida yonişi kerak, keçasi emas. Çiqindi köpayganidan keyin texnikalarni kamaytiriş maqsadidami, texnika işlatmaslik maqsadidami, yoqib yuborişga qaror qilingan bu”, - deydi şu hududdagi zavod qurilişida işlayotgan işçilardan biri.

Yana bir işçining aytişiça, tutun faqat noqulaylik emas, balki soğlik uçun ham xavf tuğdirgan.

“Köz oçib bölmaydi, tomoq, burun açişib ketadi. 1-2 ta işçilar qayt qilib yiqildi ham. Keyin uyiga jönatib yuborişga majbur böldik”.

“Eşik-oynalarni yopib yotişga majbur bölamiz”

Bu iddaolar hozirça rasman tasdiqlangani yöq. Ammo Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lumotlari yonğin faqat bir kun yuz bermaganini tasdiqlaydi. Qömitaga köra, 10 iyul kuni yonğin aniqlangaç, poligon rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilgan va yonğinni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça majburiy körsatma berilgan. Biroq ekopolitsiya ötkazgan qayta tekşiruvda uşbu körsatma bajarilmagani, keyingi kunlar ham yonğin davom etayotgani qayd etilgan.

Şu bilan birga, Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi mazkur holatni “tabiiy yonğin” sifatida baholagan.