MuhammadUmar tuğma nogironlik — çap qöl aploziyasi bilan dunyoga kelgan. Bir qöl bilan öynaş, kitob öqiş, turmuşda mustaqil böliş uning uçun orzu edi. Endi esa u sevimli superqahramoni — «Spaydermen» qöli şaklidagi bionik protez ikkala qölda harakatlanadi. “Motorika” kompaniyasining protezlaş jarayoni — minglab bolalar uçun umid manbai bölmoqda.
5 yoşli MuhammadUmar çap qöl aploziyasi, ya’ni tirsakdan pastki qismi rivojlanmagan holda dunyoga kelgan. Unga tengdoşlari singari ikki qöl bilan turli öyinlar öynaş, bir qölida kitob tutib, ikkinçisi bilan sahifalarini varaqlaş orzu edi. Bolakayning orzulari orzuligiça qolib ketmadi.
“2 yil oldin onasi homiladorlik paytida koronavirus bölib qoldi. Şuning oqibatida bola çap qöl aploziyasi taşxisi bilan tuğildi. 2 yoşligida bunga yeçim topiş maqsadida internet orqali “Motorika” kompaniyasiga çiqdik. 2 yil davomida ular öğlim bilan şuğullanişdi: qanday rivojlanayotgani, qaysi bosqiçga kelgani böyiça. 4 yoşligida bizga Moskvadan protez qöl olib kelişdi. Qöyib berişdi – juda yaxşi foydalanyapti. Qila olmagan işlarini qilyapti, 2-qöli unga yordam beryapti”, - deydi uning otasi Ğanişer Nurmatov.

“Motorika” kompaniyasi bolaga özi sevgan multfilm qahramonining qöllaridek protez qöl örnatib bergan. Endilikda u ikki panjada erkin harakatlanib, buyumlarni bemalol uşlay olayotganidan xursand.
“Narsalarni, stollarni kötariş harakatim bor. Tozalayman, çopaman, piyolalarni hammaga tarqatib çiqaman. Şu qölim işlar qilayotganimda yordam beryapti”, - deb mamnun gapirdi MuhammadUmar.

Yordamçi texnologiyalar va tibbiy kibernetika sohasida faoliyat yurituvçi uşbu kompaniya har bir mijozga individual ölçam va ehtiyojlarga moslaştirilgan, yuqori texnologiyali bionik protez qöllar, şuningdek, oyoq protezlari, nogironlar aravaçalari va harakatlanişga yordam beruvçi moslamalar işlab çiqaradi.
“Motorika” kompaniyasi mahsulotlari nafaqat Rossiyada, balki MDH mamlakatlari, Hindiston va Vetnamda ham keng tarqalmoqda. Taşkilot 2015 yildan buyon 8 mingdan ortiq protez va yordamçi moslamalarni işlab çiqargan. Uning mahsulotlari Özbekiston va Rossiya xayriya jamğarmalari hamda taşkilotlari kömagida har yili bolalarga bepul taqdim etilmoqda.









