Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumani Surum mahallasida köp qavatli turar joy majmuasining bir qismi davlat röyxatidan ötmasdan, belgilangan hujjatlarsiz qurilayotgani aniqlandi. Bu haqda Quriliş vazirligi xabar berdi.

Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasining Kun.uz'ga aniqlik kiritişiça, qurilişi töxtatilgan obekt – Sergeli Sity turar joy majmuasi hisoblanadi.

“Bu yerda A8 blokkaça röyxatdan ötgan. A9, A10 va A11 bloklar röyxatdan ötmagan bölsa-da, quriliş-montaj işlari boşlab yuborilgan. Röyxatdan ötkazilgunga qadar obektda quriliş-montaj işlari töxtatildi. Şu bilan birga, D1 va D2 bloklarida ham xuddi şu holat: röyxatdan ötmagan, lekin quriliş-montaj işlari boşlab yuborilgan”, – deydi inspeksiya mas’uli.

Bundan taşqari, monitoring jarayonida işçilar xavfsizligi ta’minlanmagani, yuk kötaruvçi beton yuzalarda ğovaklar mavjudligi aniqlangan. Bundan taşqari, obektning ostida suv töplanib qolgani kuzatilgan.

Rasmiy xabarda aytilişiça, bino fundament qismiga drenaj suv qoçiriş tizimlari ötnatilişi közda tutilgan, lekin örnatilmagan, şu sabab fundament suv ostida qolgan, bu esa bino fundamentiga zarar yetişiga olib keladi.

“Sifatsiz bajarilgan işlar buzilişi, işçilar xavfsizligini töliq ta’minlaş hamda hudud drenaj tizimlarini örnatiş böyiça inspeksiya xodimlari tomonidan belgilangan muddatda bajarilişi şart bölgan yozma körsatmalar belgilandi. Uşbu kamçiliklar bartaraf etilgunga qadar mazkur bloklarda ham quriliş işlari vaqtinçalik töxtatildi”, – deyiladi xabarda.

Sergeli city loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keltirilişiça, majmuada 5000 dan ortiq xonadonlar böladi. Turar-joylar 2025-2026 yillarda foydalanişga topşirilişi aytilgan.

Loyihani “Transport Free Group” MÇJ amalga oşirmoqda. Davlat reyestrida kompaniya ta’sisçisi sifatida Abdukomilov Behruz Bahrom öğli, rahbar sifatida Mamatov Olim Taşnazaroviç körsatilgan.

Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor Marat Hamdamov özini Sergeli City loyihasining asosçisi sifatida taqdim etib keladi. U Instagram'dagi postida quriliş işlari butunlay emas, vaqtinça töxtatilganini