Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, «Burçmulla» MFY hududidagi Çorvoq suv ombori suv havzasida çökib ketgan 3 kişidan (ota va uning 2 öğli) birining jasadi topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa 2-sentabr kuni sodir bölgandi. Öşa kuni beş kişidan iborat oila aʼzolari suv omborida sayr qiliş uçun kater ijaraga olgan. Kater haydovçisidan taşqari, unda er-xotin, ularning qizi va ikki öğli bölgan.
Suratga tuşiş uçun töxtagan vaqtda öğillardan biri çömilişga qaror qilgan. U qutqaruv nimçasidan foydalanmagan. Bu vaqtda hududda şamol esayotgan va suvda tölqinlar hosil bölgandi. Çömiliş uçun suvga tuşgan birinçi öğilning oyoq tomiri tortişib qolgan. Uning ortidan suvga otasi, söng ikkinçi öğli ham sakragan.
Qayiqçi ham ularni qutqariş uçun suvga tuşgan, ammo buning iloji bölmagan.
«Xabar kelib tuşgan zahoti FVV ğavvos-qutqaruvçilari hodisa joyiga yetib borib, qidiruv işlarini boşlagan. Şuningdek, qidiruv işlari kölamining kengligi va suv omborining çuqurligini inobatga olib, hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri topşiriğiga asosan ştab faoliyati taşkil etilib, qöşimça ravişda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boşqarmalaridan qöşimça kuçlar jalb etildi. Qidiruv işlarida barça zarur texnika va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanilmoqda.
Olib borilgan qidiruv işlari natijasida bugun soat 13:02 da çökib ketgan fuqarolardan birining jasadi topildi», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.




Qidiruv işlari davom ettirilmoqda.












