Çorvoq suv omborida çökib ketgan uç nafar fuqaroni qidiriş böyiça qidiruv amaliyoti yakunlandi.
9-sentabr kuni FVV ğavvoslari kiçik öğilning jasadini topişgandi. 10-sentabr kuni avvaliga katta öğil, biroz ötib otaning ham jasadi suvdan olib çiqilgan.
Baxtsiz hodisa 2-sentabr kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumanida sodir bölgan edi. FVV matbuot xizmati xabariga köra, katerda sayr qiliş paytida oila aʼzolaridan biri – kiçik öğil qutqaruv nimçasidan foydalanmagan holda çömiliş uçun suvga tuşgan. Uning oyoq tomiri tortişib qolgan va çöka boşlagan. Unga yordam beriş maqsadida akasi va otasi ham birin-ketin suvga tuşişgan. Oqibatda uçalasi ham çökib ketişgan.
FVV fuqarolarni suv obyektlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqirgan.
«Favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor taşkil etilgan ştabi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boşqarmalarining qöşimça kuç va vositalarini jalb qiliş, şuningdek, eng yangi zamonaviy qidiruv uskunalarini işga soliş orqali qidiruv işlari samaradorligiga erişildi. Suv omborining hajmi kattaligi hamda uning çuqurligiga qaramay, çökib ketganlarni qidiriş işlari nisbatan qisqa vaqt içida yakunlandi. Fursatdan foydalanib, yurtdoşlarimizni suv obyektlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqiramiz», – deyiladi xabarda.












