Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov Çorvoq sum omborida çökib ketgan uç kişi – ota va uning öğillarining farzandlari jasadlarini qidiriş böyiça amaliyotning borişi haqida maʼlumot berdi.
Baxtsiz hodisa 2-sentabr kuni röy bergandi. Şu kuniyoq FVV kuç va vositalari – qutqaruvçilar, ğavvoslar, katerlar va boşqa maxsus texnikalar jalb qilingan, ştab taşkil etilib, qidiruv işlari 24 soat davomida uzluksiz olib borilmoqda.
Qutqaruv otryadi komandir Rustam Böriyev hodisa tafsilotlarini aytib bergan. Uning sözlariga köra, oila katerni suv omborini aylaniş uçun ijaraga olgan. Katerda haydovçidan taşqari er-xotin, şuningdek, ularning qizi va ikki öğil farzandi bölgan.
«2-sentabr kuni 112 tizimiga kelib tuşgan xabarga köra, Çorvoq suv omborining «Burçmulla» MFY hududidan oqib ötuvçi qismida bir oila aʼzolari katerda aylanişga çiqişgan. Çömiliş taqiqlangan hududda suratga tuşiş maqsadida töxtaşgan. Şu örtada çömilişni xohlaşgan. Çömiliş jarayonida esa maxsus nimçalardan foydalanişmagan. Çömiliş vaqtida ota va ikki öğilning tomiri tortişib qolgan.
Bu yerda şamol bölib turgan, suvda tölqin yuzaga kelgan. Şu jarayonda çökiş holati yuz bergan», deydi u.

Qayd etilişiça, kater haydovçisi suvga tuşişdan oldin nimça taqiş kerakligini aytgan, ammo bu tavsiyaga rioya qilinmagan.
«Katerda ona va singlisi ham bölgan. Ular atrofdan yordam söraşgan. Kater haydovçisi ham suvga tuşib, ularni qutqarişga harakat qilgan, ammo buning imkoni bölmagan. Barçasi juda tez sodir bölgan», deya qayd etadi u.
Hozirgi vaqtda qidiruv-qutqaruv işlariga beşta qutqaruv otryadi jalb etilgan. Suvda yettita qutqaruv brigadasi işlamoqda. Şuningdek, qidiruv işlari samaradorligini oşiriş maqsadida FVV rahbariyati topşiriğiga asosan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari favqulodda vaziyatlari boşqarmalaridan uşbu jarayonga qöşimça kuçlar jalb qilingan. Uşbu jarayon favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov nazorati ostida.


Ştabda FVV va boşqa xizmatlar vakillari işlamoqda.













