Googleʼning yangi Gemini til modeli Atari 2600 öyin konsoli bilan şaxmat öynaşdan boş tortdi. Sun’iy intellekt uşbu tizim oldingi gigantlar — ChatGPT va Microsoft Copilot ustidan ğalaba qozonganidan xabar topganidan keyin şunday qarorga kelgan.

Noodatiy turnir taşabbuskori muhandis Robert Karuzo bölib, u ilğor sun’iy intellektlarni Atari Çess’ga qarşi bahsga çiqargan. OpenAI texnologiyalari asosida yaratilgan çatbot mağlubiyatga uçragaç, Karuzo Google kompaniyasining multimodal modeli imkoniyatlarini sinab körişga qaror qilgan.

Suhbat avvalida Gemini bölajak bahs borasida öziga işonç bildirgan. Model öz raqibi «katta til modeli bölmagani uçun» ğalaba qozonişi mumkinligini ma’lum qilgan. U millionlab yurişlarni hisoblaş qobiliyatiga ega öz imkoniyatlarini yuqori baholagan. Bunga javoban Karuzo undan oldin mağlubiyatga uçragan sun’iy intellekt ham maqtangani va oqibatda yutqazib qöyganini eslatgan.

Bu ma’lumot esa Gemini’ning harakatlarini tubdan özgartirib yuborgan. Neyrotarmoq öz imkoniyatlarini yuqori baholab yuborganini tan olgan va unga «Atari 2600 Video Chess öyin konsoliga qarşi turiş juda qiyin bölişini» bildirgan. Risklarni baholagan sun’iy intellekt «vaqt nuqtai nazaridan bahsni bekor qiliş eng samarali va oqilona yeçim» bölişini ma’lum qilgan.

Şunday qilib, 1,19 megagers protsessor va 128 baytli tezkor xotiraga ega 1977 yilgi Atari 2600 öyin pristavkasi dunyodagi eng kuçli neyrotarmoqlardan birini çekinişga majbur qildi.