Tojikiston hukumati Özbekiston hukumati bilan elektr energetikasi sohasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari töğrisidagi Bitim loyihasini tasdiqlaş va imzolaş töğrisida farmoyiş çiqardi.
Tojikiston Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e’lon qilingan hujjat loyihasida Roğun GES tomonidan Özbekistonga elektr energiyasi yetkazib beriş közda tutilgan.
Elektr energiyasini yetkazib beriş hajmi va şartlari «Roğun GES» OAJ va «Özenergosotiş» AJ örtasida elektr energiyasini sotib oliş töğrisidagi alohida bitim bilan belgilanadi.
Roğun GES tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi narxi 1 kVt·soat uçun 3,4 AQŞ sentini (≈ 435 söm) taşkil etadi va şartnomaning butun muddati uçun belgilangan narxning bir foizi miqdorida yillik indeksatsiya qilinadi. Bunda indeksatsiya rejalaştirilgan elektr ta’minotining ikkinçi yilidan boşlab qöllaniladi.
Roğun GES tomonidan elektr energiyasi Özbekistonga ikki davlat tizim operatorlari tomonidan kelişilgan jadvalga muvofiq, asosan, Özbekiston elektr energetika tizimida rejali quvvat taqçilligi bölgan vaqtlarda davlatlararo elektr uzatiş liniyalari orqali yetkazib beriladi.
Roğun elektr energiyasini Özbekistonga yetkazib beriş «Barqi tojik» OAJ tomonidan elektr energiyasini yetkazib beriş bilan parallel ravişda amalga oşiriladi.
Roğun GES qurilişi jarayonida elektr energiyasi ta’minoti faqat vegetatsiya davrida (1 aprelidan 30 sentabrgaça) ta’minlanadi. GES töliq quvvatda işga tuşirilgaç, bir yil davomida har oy elektr energiyasi yetkazib beriladi.
Şartnoma 20 yilga möljallangan va yana 10 yillik davrlarga uzaytirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, «Barqi tojik» 2018 yildan buyon vegetatsiya davrida Özbekistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqda.
Quvvati 3780 MVt bölişi kutilayotgan Roğun GES Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroelektr stansiyadir. GES töliq işga tuşirilgaç, yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 14,4 milliard kVt·soatni taşkil etişi kutilmoqda.
Stansiyada quvvati 630 MVt bölgan 6 ta blok qurilmoqda, ulardan sönggisi 2029 yilda işga tuşirilişi kerak. Ayni paytda 2018 va 2019 yillarda işga tuşirilgan ikkita agregat past quvvatda işlamoqda.







