18 iyul kuni moliya-iqtisodiy sohada faoliyat yurituvçi mutaxassislar — auditorlar, buxgalterlar va soliq maslahatçilari iştirokida navbatdagi oçiq muloqot bölib ötdi.
Unda soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov markirovkalaş qoidasini buzganlik uçun jazo çorasini aylanmaga boğlamaslikni taklif qildi.
“Markirovkalaş qoidasini buzgani uçun jazo ötgan oyda qonuniy işlagan aylanmasiga boğliq bölsa, har qanday tadbirkorlik sub’yektida riskini kamaytirişning yagona yöli qonuniy aylanmani kamaytiriş böladi. Şu sabab markirovka uçun jazo çorasi 50 mln sömmi, 100 mln sömmi, [aniq bölişi kerak]”, - dedi mutaxassis.
Uning taklifini zal qöllab-quvvatlab, qarsak çaldi. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov esa markirovkada xato yoki kontrafakt mol sotib qöysa, jarima yuqori, arzonroq qiliş kerak, demoqçimisiz, deya aniqlaştiruvçi savol berdi.
Unga javoban Muhammadjonov “bu tizimdan maqsad – noqonuniy işlovçilarni qonuniy işlaşga ötkaziş, ammo tadbirkor qonuniy işlaganidan kelib çiqib jazolanadigan bölib qolyapti”, deya ta’kidladi.
“Jazo summasini kamaytirişning yagona yöli oq aylanmani kamaytiriş bölib qolyapti. Ya’ni bu hozirgi iqtisodiy siyosatga teskari. Aniq bir summa qöyaylik, çunki kuni keça “Laktel” (Lactalis Central Asia) masalasi kötarildi, 1,5 mln sömlik kamomad uçun 5 mlrd jarima qöllangan. Şerzod Davletoviç eşitganidan keyin bunçalik bölişi mumkin emas. deb aytdi”, - dedi u.
Bundan taşqari, u markirovka bilan boğliq huquqbuzarlik mezoni kassirga boğliq bölib qolayotgani va xatoni tuzatiş imkoni yöqligini ta’kidladi.
“Kassir qaysidir tovarning markirovkasini urmasa, butun biznes jazolanişi kerak bölib qolyapti. Özimiz ham soliq maslahatçisi sifatida borib örganyapmiz, ayrim holatlarda tovarning markirovkasi urilgan, lekin kassa apparatga urilmagan holatlar bor. Aynan şunday holatlarni bartaraf etiş uçun yöl-yöriq yöq. Tovar urib bölindi, orqaga qaytariş imkoni yöq. Şu kamçilikni tuzatiş imkonini yaratib beriş kerak”, - dedi Murod Muhammadjonov.
Ma’lumot uçun, Soliq kodeksiga binoan fiskal belgilarni aks ettiriş yoxud avtomatlaştirilgan hisobga oliş ölçov vositalari bilan jihozlaş yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinişini ta’minlaş böyiça qonunçilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buziş, şuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali











