Global isiş tufayli dengiz suvi harorati oşib, inson salomatligiga xavf tuğdiruvçi mikroorganizmlar tez köpaymoqda. Baltikadan tortib Şimoliy dengizgaça tarqalgan vibrio bakteriyalari endi Turkiya sohillarida ham uçrayapti.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, issiq dengiz suvida köpayadigan mazkur zararkunandalar oçiq yaralar orqali organizmga kirib, ölimga olib keluvçi infeksiyalarni hosil qilişi mumkin. Bu haqida Turkiyaning Milliyet naşri xabar bermoqda.

Istanbul Florence Nightingale kasalxonasi urologi Ugur Aferin yozgi mavsumda dengizga tuşayotgan odamlarni ehtiyot bölişga çaqirdi. Uning aytişiça:

“Vibrio bakteriyalari issiq va şör suvda köpayadi. Ayniqsa, uning vibrio cholera deb nomlangan turi iflos dengiz suvi yutilişi orqali oşqozon-içak tizimiga tuşib, oğir diareya va suvsizlanişga sabab böladigan vaboni keltirib çiqaradi. Turkiyada vaboga uçraş holatlari kam bölsa-da, xavf butunlay yöq deb bölmaydi”, – deydi u.

Aferinning ta’kidlaşiça, vibrio vulnificus kabi turlar teriga tuşganda töqima infeksiyalari, ayrim hollarda esa “göşt yeyuvçi bakteriya” nomi bilan tanilgan oğir xastalik – nekrotik fasiit kabi ölimga olib keluvçi kasalliklarga sabab bölişi mumkin”.

Şifokor dengiz mahsulotlarini iste’mol qilişda ehtiyot bölişga çaqirdi:

“Xom çiğanoq kabi mollyuskalar orqali yuqadigan vibrio parahaemolyticus qorin oğriği, qusiş, diareya va isitma kabi simptomlar bilan namoyon böladi. Immuniteti zaif bölgan odamlarda bu infeksiya qon orqali butun tanaga tarqalib, sepsisga aylaniş ehtimoli bor”, – dedi u.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra,