AQŞ Olimpiya va Paralimpiya qömitasi (USOPC) transgenderlarning ayollar musobaqalarida iştirok etişini amalda taqiqladi, deb xabar berdi Associated Press.

Agentlikning yozişiça, tegişli özgartirişlar qömita saytidagi «Sportçilar xavfsizligi siyosati» bölimiga kiritilgan. Taşkilot, şuningdek, suziş, yengil atletika va boşqa sport turlari federatsiyalariga prezident Donald Trampning «Erkaklarni ayollar sportiga qöymaslik» töğrisidagi farmoniga rioya etişi şartligini ma’lum qilgan.

«Yangi siyosatimiz musobaqalarda ayollar uçun adolatli va xavfsiz şaroitlarni ta’minlaş muhimligini ta’kidlaydi. Barça milliy boşqaruv organlari amaldagi qoidalarini şunga muvofiq yangilaşi şart», deyiladi USOPC maktubida.

Tramp fevral oyida imzolagan farmonida transgender sportçilarga ayollar musobaqalarida qatnaşişga ruxsat beruvçi taşkilotlarni davlat tomonidan moliyalaştiriş töxtatilişi belgilangan.

USOPC ellikka yaqin milliy taşkilotlar faoliyatini nazorat qiladi, ular ommaviy sportdan tortib elitagaça bölgan barça sohalarda muhim rol öynaydi. USOPC yangi siyosati mahalliy sport klublari milliy sport federatsiyalariga a’zolikni saqlab qoliş uçun öz qoidalarini özgartirişiga olib kelişi ehtimoli bor, deb ta’kidladi AP.