Qayd qilinişiça, Hisob palatasining bu yil 6 oyda ötkazilgan audit tadbirlari natijasida 5 trillion 600 milliard söm samarasiz budjet xarajatlari qisqartirilgan, budjetga 5 trillion söm qöşimça tuşum imkoniyati aniqlangan. «Masofaviy audit» axborot tizimi orqali 4 trillion sömlik kamçiliklar bartaraf etilgan.

Taqdimotda endi tizimga sun’iy intellektni joriy qilib, kamçiliklarni keltirib çiqarayotgan omillarni bartaraf etiş vazifasi qöyildi.

Ötgan yili 12 ta vazirlikda moliyaviy nazorat böyiça taşkil qilingan situatsion markazlarning körsatkiçlari qayd etilib, bu tizim joriy yilda yana 10 ta vazirlik va idoraga kengaytirilişi belgilandi. Şu bilan birga, budjet taşkilotlarida içki audit va içki nazorat tizimlarini takomillaştirib, Hisob palatasi bilan axborot almaşuvini kuçaytiriş böyiça topşiriq berildi.

Prezident farmoniga asosan, davlat auditi xalqaro standartlar darajasiga çiqarilmoqda. Hisob palatasi xodimlari bir yil davomida xalqaro auditorlar bilan birgalikda işlab, tajriba töpladi. Natijada taşqi qarz hisobidan bölayotgan loyihalar xalqaro mezonlar asosida auditdan ötkazilmoqda. Bunday tartibni loyihalarning ilk bosqiçlaridan boşlaş muhimligi körsatib ötildi.

Hisob palatasiga «Xalq nazorati» platformasini barça hududlarda yölga qöyiş topşirilgan edi. Taqdimotda mutasaddilar bu borada boşlangan işlar va zarur çora-tadbirlar töğrisida axborot berdi. Bu tizim orqali quriliş, infratuzilma, kommunal xizmatlar, energiya ta’minoti, transport, yöl, ekologiya kabi sohalardagi muammolar böyiça xabar beriladi. Ularni hal qiliş uçun portalga barça vazirlik, idora va hokimliklar ulanadi.

Hozirgi kunda bu dasturni sun’iy intellekt asosida takomillaştiriş, vertikal nazorat tizimini yölga qöyiş, koll-markazlar taşkil etiş böyiça işlar olib borilmoqda.

Davlat rahbari mutasaddilarga ijro intizomini mustahkamlaş, budjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş va tejamkorlikni ta’minlaş böyiça körsatmalar berdi.