Turizm qömitasi ma’lumotiga köra, mazkur loyiha Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiyaning 2022 yilda Koreya Respublikasiga amaliy safari davomida ilgari surilgan taşabbusi asosida amalga oşirildi.

Geongsangbuk-do viloyatida joylaşgan maşhur Andong Xaxve folklor qişloği bilan tanişuv çoğida, şunday etno-qişloqni Parkent tumanida taşkil etiş taklifi bildirilib, davlat rahbari tomonidan mazkur taşabbus ma’qullangan edi. Bugungi kunga kelib loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilib, öz faoliyatini boşladi.

Bundan asosiy maqsad hududning betakror tabiati va etnografik xususiyatlarini asrab-avaylaş, şu orqali içki va taşqi turizmni rivojlantirişdir.

Oçiliş marosimida mehmonlar uçun folklor san’ati çiqişlari, milliy liboslar namoyişi va rassomçilikka oid tasviriy san’at körgazmalari taşkil etildi. Mahalliy va xorijiy OAV vakillari, şu jumladan, Janubiy Koreyaning Move jurnali ijodiy guruhi uçun esa Parkent tumani böylab press-tur taşkil qilindi.

Info-tur davomida oilaviy mehmon uyi, şuningdek, "Kumuşkon" hududidagi "Oltin bel" tepaligida qurilayotgan kurort zonalari, yengil turdagi mehmonxonalar va boşqa turistik infratuzilma loyihalari bilan taniştirildi.