Özbekistonda kelayotgan avgust oyida harorat foni pasaya boşlaydi, bu oy iyul kabi juda issiq bölmaydi. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston hududi böyiça avgust oyining örtaça oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5–2,5 darajaga past böladi. Ammo şunga qaramay, avgust hali ham juda issiq oy hisoblanadi.

Yilning köp oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim özgarişi ta’siri ostida böladi. 1991–2020 yillar va 1961–1990 yillar uçun avgust oyidagi örtaça oylik haroratning farqi 1,2–1,5 darajani taşkil etadi.

2025 yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boşlanadi. Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi +34…+37 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +40…+41 darajagaça böladi. Bunday harorat yoz fasli uçun juda qulay bölib, u avgust oyidagi örtaça yillik qiymatlarga yaqindir. Keçalari harorat asosan +18…+23 daraja böladi.

Uçinçi ön kunlikda harorat keçalari asta-sekin +13…+18 darajagaça, kunduz kunlari +30…+35 darajagaça, janubda +36…+38 darajagaça pasayadi.

Avgust oyi asosan quruq bölişi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomğir yoğişi ehtimoli kam.

Yil böyiça özgariş tendensiyasini körsatiş bilan örtaça oylik harorat dinamikasi

Özgidromet ma’lumotida ta’kidlanişiça, meteorologik kuzatuvlarning barça davri uçun 2021 yilning avgust oyi eng issiq, 1912 yilning avgust oyi esa eng sovuq bölgan. Hududning katta qismida örtaça maksimal harorat +35…+37 darajani, janubda va çöl hududlarda +38…+40 darajani taşkil etadi.

Issiq ob-havoning eng yuqori çöqqisida, ayrim kunlarda havo harorati deyarli har yili +38, +39 darajaga, janubda va çöl hududlarda esa +41…+43 darajaga yetadi.

Kuzatuvlarning barça yillari uçun avgust oylarining maksimal havo harorati mutlaq rekordi +41…+43 darajani, şimolda, janubda va çöl hududlarda +44…+48 darajani taşkil etadi.

Butun tarixiy davr uçun Toşkentda eng yuqori havo harorati +43,1 daraja (1944 yil) bölgan edi.

Özbekiston hududining katta qismida avgust oyida havo harorati biror marta ham +40 darajadan kötarilmagan, faqat janubda va çöl hududlarda ayrim kunlarda havo +41, +42 darajagaça isigan yillar ham kuzatilgan. Sönggi 10 yil içida bunday avgust oylari 2020 va 2022 yillarda qayd etilgan.