Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Mamlakat Superligasi vakili «Istanbul Boşoqşehir» klubi 21 yoşli futbolçi transferini e’lon qildi.
«Klubimiz Özbekiston milliy jamoasi futbolçisi Abbosbek Fayzullayev bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Fayzullayevga oilamizga xuş kelibsiz, deymiz, töq jigarrang formamizda muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyiladi xabarda.
✅️ Hoş geldin Abbosbek Fayzullaev
— RAMS Başakşehir (@ibfk2014) July 30, 2025
Kulübümüz, son olarak CSKA Moskova forma giyen Özbekistan Milli Takımı futbolcusu Abbosbek Fayzullaev ile 5 yıllık anlaşma sağladı.
Fayzullaev'e ailemize hoş geldin diyor, turuncu-lacivertli formamızla başarılar diliyoruz. https://t.co/LEwJojmjgc pic.twitter.com/92ETiSK0OY
Oldinroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga köra, Istanbul klubi özbekistonlik hujumkor yarimhimoyaçi transferi uçun «armiyaçilar»ga 7,5 million yevro tölab beradi. Bu orqali jamoa öz tarixidagi eng qimmatbaho transferni amalga oşirdi.
Ma’lumot uçun, Abbosbek Fayzullayev katta futboldagi faoliyatini 2021 yilda Toşkentning «Paxtakor» klubida boşlagan. 2023 yilda Moskvaning TsSKA klubi uni 500 ming yevroga transfer qilgandi. Futbolçi Moskva klubida ikki mavsum davomida barça turnirlar doirasida 72 uçraşuvda iştirok etib, 8 gol urdi va 11 golga uzatma berdi. U yakunlangan mavsumda moskvaliklar jamoasi bilan Rossiya Kubogi va Superkubogini qölga kiritgandi.
Eslatib ötamiz, «Istanbul Boşoqşehir» klubi avvalroq «Roma»dan Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodovni mavsum yakunida sotib oliş huquqi bilan ijaraga olgandi.













