Boğdod tumanining Çekxitoy qişloğida azaldan moçalka ösimligi yetiştiriladi. Qişloq aholisining köpçiligi ayni paytda pişib yetilgan lyuffa hosilini yiğib olib quritiş bilan band. Mötabar aya ham kelinlari bilan birga “moçalka” yiğişga kirişgan.

Xalq tilida dastmolqovoq, moçalka deb nomlanuvçi lyuffa poliz ösimligining asli vatani hindi – Xitoy va Hindiston yarim orollaridir. 

50 yilda beri “moçalka”çilikdan kun körayotgan Mötabar aya Mamatqulova ösimlik haqida gapirib berdi.

“1974 yilda Boğdod tumanining boşqa bir qişloğidan Çekxitoyga kelin bölib tuşganman. Şundan beri moçalka yetiştiramiz. Avval donasini 1 000 sömdan sotar edik. Endi Xudoga şukur, 15, 20 ming sömga kötarilib qoldi. Moçalka sotib kam bölmadik. Bolalarimizni uylayapmiz, qizlarimizni çiqaryapmiz, nevara töylarni qilyapmiz.

Mötabar aya Mamatqulova

Ösimlik mevasini tayyor moçalka holatiga keltirib oliş oson iş emas. Öziga yaraşa maşaqqati bor. Lyuffa uruğini aprelda ekamiz. 15, 20 kunda unib çiqadi. Çiqqandan keyin köçatni begona ötlardan tozalab tagiga öğitini solib, simlarni tortamiz. Ikki oy deganda ösimlik tepadagi simlarga ilaşadi. Ana undan keyin alohida parvarişini boşlaymiz.

Moçalkalar iyundan boşlab pişişni boşlaydi. Iyun, avgust, sentabrning oxiri va oktyabr oyida ham vaziyatga qarab hosil olamiz. Örta hisobda bir oila 20 million söm daromad qiladi. Ötgan yili tayyor bölgan moçalkalar donasi 15-20 ming sömdan sotilgan edi. Bu yil esa narxi çiqqaniça yöq.

Tayyor holga qanday keladi?

Eng avvalo moçalka mevasini uzib olib uni ezamiz. Keyin suvga solinadi. Suvda 1 kun turgaç açiydi. Şundan söng pöstini arçib, yaxşilab tozalab yuvib, toşga urib silkitib maxsus simlarga ilib çiqamiz.