Kun.uz’da Farğona viloyatining Boğdod tumanida odamlarga sotilgan yangi uy-joylar quruvçining qarzdorligi uçun xatlangani, xonadonlarga köçib kirgan va boşqa turar joyga ega bölmagan 46 oila özlariga boğliq bölmagan holatda köçada qoliş arafasida ekani haqida suriştiruv e’lon qilingandi. ATB Universal bank mazkur holatga munosabat bildirdi.
Bankning ma’lum qilişiça, “Saddinso-Xabibullo” xususiy korxonasining mol-mulklari auksion savdolariga bank tomonidan emas, sud boşqaruvçisi tomonidan çiqarilgan.
“ATB Universal bank Amaliyot boşqarmasi hamda qarzdor “Saddinso-Xabibullo” xususiy korxonasi örtasida tuzilgan kredit şartnomasiga asosan ajratilgan kredit ta’minoti sifatida xususiy korxonasiga tegişli bölgan Farğona viloyati Bağdod tumani “Muruvvat” MFY Yoş avlod köçasida joylaşgan 5 qavatli turar joy komplekslari 42- va 46-uylarining yerdan foydalaniş huquqi bilan birgalikda ipoteka şartnomasi taqdim etilgan.
Bugungi kun holatiga korxonaning bankdan jami qarzdorligi 745,18 mln sömni taşkil qilmoqda.
Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 21 avgust kungi hal qiluv qaroriga asosan “Saddinso-Xabibullo” xususiy korxonasi tölovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinib, tugatişga doir iş yurituvi qarzdorning faoliyatini töxtatmasdan amalga oşiriş boşlangan, sud tugatiş boşqaruvçisi etib 1-toifali sud boşqaruvçisi H.Teşaboyev tayinlangan. “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonunning 141-moddasiga asosan tugatişga doir işlar boşlangan vaqtdan boşlab, korxona rahbari vakolatlari bekor bölişi va barça vakolatlar tugatiş boşqaruvçisiga ötişi belgilangan.
“Sud hujjatlari va boşqa organlar xujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunning 62-moddasi talabiga köra, korxonaga nisbatan tugatişga doir işlar boşlangan vaqtdan barça undiruv işlari ham sud tugatiş boşkaruvçisiga ötişi körsatilgan.
Şuningdek, “Saddinso-Xabibullo” xususiy korxonasiga tegişli mol-mulklar www.e-auksion.uz savdo maydonçasida sotiş uçun ATB Universal bank tomonidan çiqarilmagan, aksinça sud boşqaruvçisi tomonidan xususiy korxona kreditorlari oldidagi 23,9 mlrd söm qarzdorligini qoplaş maqsadida amalga oşirilgan.
Bank tomonidan esa Farğona viloyati Bağdod tumani “Muruvvat” MFY Yoş avlod köçasida joylaşgan 5 qavatli turar joy komplekslarining 42- va 46-uylaridagi xonadonlarni auksion savdolarida sotiş yoki xonadon egalariga nisbatan uy-joydan majburiy tartibda köçirişga qaratilgan heç qanday xatti-harakat sodir etilmagan. U yerda yaşovçi fuqarolarga nisbatan xonadonlarni böşatiş töğrisida talab bildirilmagan.








