O‘zbekiston | 09:05 / 08.08.2025
1349
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma multimodal kompaniyalarni tashkil etadi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston bosh vazirining sanoat masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, joriy yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Tashkent Pharma Park va Tashkent Texnopark'da qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport-logistika kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma multimodal tashish kompaniyalari tashkil etish va Termizdagi Airitom Free Zone imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali savdo aloqalarini kengaytirish borasidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida, axborot texnologiyalari, investitsiya, iqtisodiy zonalarni boshqarish, banklararo hisob-kitoblarni takomillashtirish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, qurilish, farmatsevtika, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi kabi sohalarda yetakchi kompaniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid