Pokiston shimoli-gʻarbidagi Dera-Ismoil-Xon shahrida portlash sodir etilishi oqibatida 10dan ortiq inson halok boʻldi va 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Portlash politsiya nazorat-oʻtkazish punktida yuz bergan.

Dawn nashrining aniqlik kiritishicha, portlashni nazorat-oʻtkazish punktiga portlovchi uskuna oʻrnatilgan traktorda kelib urilgan hudkush terrorchi amalga oshirgan.

Portlash oqibatida toʻqqiz nafar erkak, ikki nafar ayol va bir nafar bola halok boʻlgan. Punktning katta qismi shikastlangan va uning yonidagi bino butunlay vayron boʻlgan.

Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy terrorchilik hujumida «Fitna al-Hindustan» va «Fitna al-Havarij»ni aybladi.

Bular Pokiston hukumati Belujiston hududida faoliyat yuritadigan barcha ayirmachi va isyonchi guruhlarning shartli nomlaridir.