11 avgust kuni tungi soat 02:22 lar atrofida Toşkent tumanida joylaşgan Uç qahramon savdo majmuasida yonğin kelib çiqdi. Yonğin salkam 3 soat davom etgan. Savdogarlarning ma’lum qilişiça, asosan kiyim-keçak va maktab öquv qurollari yonib kulga aylangan. Kun.uz muxbiri bozorga borib, tadbirkorlar bilan suhbatlaşdi.
Kun.uz örganişlariga köra, uşbu yonğin köplab tadbirkorlarga katta moliyaviy zarar olib kelgan. Ayniqsa, davlatdan kredit olgan yoki birovdan qarz kötarganlar çorasiz qolgan.
“Dökonim yonib ketdi, yaxşi insonlarning yordami bilan ozgina kiyim-keçakni çiqarib oldim, 10 foiz odam çiqarib qoldi xolos. Yonğin nimadan çiqqanini biz bilmaymiz. Lekin hali svetdan, hali undan, hali bundan deyişyapti. Bozorimizda doim svet öçadi. Bozor ma’muriyati umuman e’tibor qilmaydi bu narsaga. Hamma narsani özimiz qilamiz. Oddiy kun böladimi, boşqa kun böladimi, yarim taraf öçadi, yarim taraf yonadi. Mana şunaqa 50 foiz öçirib, 50 foiz yoqib işlatişar edi. Biz bitta narsani öylayapmiz: yonğin boşlangan, nima uçun bozor ma’muriyatining kameralari yoniq bölmagan? Nimaga heç kimga batafsil ma’lumot berişmagan? Heç kim bilmagan. Qayerdan, nimadan kelganini bizga baribir tuşuntirib berişlari kerak. Hozir heç kim heç narsa demayapti. Şunça aholiga kim yordam beradi? Hammaning böynida krediti bor. Realga mol olib işlaydi. Mening özimning böynimda 300 million söm kreditim bor”, deydi savdogarlardan biri.
Biz boşqalarga nisbatan oğirroq ahvolda qolgan ayol bilan suhbatda böldik. U uyiga ketiş uçun 5 000 söm ham puli qolmaganini aytdi.
“Xöjayinim vafot etgan. Yemay-içmay, bolamni biror joyga öqitmasdan, şu yerga tovar qilganman. Ijarada turaman. Bitta bolam bor, sarson. 200 millionga yaqin molim bor edi. 3 yildan beri yeganimning tayini yöq. Davlatdan kreditim bor, odamlardan qarzlarim bor. Endi tölab beradigan odamim yöq…” deydi ayol.
Yana bir tadbirkor bu bozorda 2009 yildan beri talafot bölmaganini ma’lum qildi.
“Endi boşimizga kelgan talafot-ku, mayli. Hammaga sabr bersin. Men endi yangi iş boşlagandim. Erkaklar kiyimini sotib, ularni boşqa dökonga berib, özim yangi ayollar kiyimini sotişni boşlagandim. Endi taxminan 10 000 dollardan oşiq molim bor edi. Şuning hammasi mana, kul bölibdi. Özi 2009 yildan beri savdo qilardim. Unaqa talafotlar bölmagan edi. Elektr uzilişlari bölganda generator yoqardik. U yerda 3-4 ta idişda benzin ham turardi, şular ham olovning tez tarqalişiga sabab böldimi deyman-da. Bozor rahbariyati hali heç narsa deyişmayapti. Öşa payt kelişgani ham yöq, men hayron qoldim. Biz kelgan paytimizda ular yöq edi”, deydi jabrlanuvçi.







