Benzin işlab çiqariş hajmi ortib, narx kamaytirildi, deb xabar berdi «Özbekneftgaz» AJ.

Ta’kidlanişiça, yoqilği bozori barqarorligini saqlaş, aholini yuqori sifatli benzin bilan ta’minlaşga qaratilgan strategiya doirasida işlab çiqariş jarayonlari optimallaştirilib, tannarxni kamaytiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilgan.

Jumladan, Buxoro Neftni qayta işlaş zavodida (BNQIZ) işlab çiqarilgan AI-92 rusumli avtobenzinning birja savdolaridagi 1 tonnasi boşlanğiç narxi birinçi bosqiçda 12 mln 881 ming sömdan 12 mln 628 ming sömga tuşirilgan.

«Bu esa öz navbatida, 1 litr AI-92 rusumidagi avtobenzinning birjadagi boşlanğiç narxi 9400 söm ekanini anglatadi», deyiladi xabarda.

AI-92 benzinning birja savdolaridagi boşlanğiç narxi tuşirilişi çakana savdodagi narxga qanday ta’sir qilişi noma’lum.

Avvalroq, hukumatga 2026 yil 1 yanvarga qadar ekologik jihatdan zararli bölgan AI-80 benzindan voz keçiş böyiça topşiriq berilgan edi. AI-92 benzini arzonlaşişi uşbu harakatlarni amalga oşiriş fonida yuz bermoqda.