Aynan şuning uçun ham NVIDIA 5000-seriyali videokarta örnatilgan noutbukka sarmoya kiritiş özini oqlaydigan yeçimdir. TUF va ROG turkumlari texnologiyalar çöqqisida qoliş, yangi dasturlar bilan samarali işlaş va öyinlardan töliq zavq oliş imkonini beradigan kelajakka möljallangan zamin yaratadi.
ROG Strix G16 va G18 — uzoq muddatli kuçga bölgan işonç
ROG Strix G16 va G18 qurilmalarining kuçli imkoniyatlari kelajakdagi samaradorlikka ajoyib sarmoya bölişi mumkin. Uşbu modellar kompyuter xarid qiliş bir lahzalik qaror emas, balki barça kelgusi öquv yillariga ta’sir qilişini tuşunadiganlar uçun yaratilgan.

Maksimal konfiguratsiyaga ega Strix G16 va G18 modellari asosida Intel Core Ultra 9 275HX protsessori hamda noutbuklar uçun möljallangan NVIDIA GeForce RTX 5080 videokartasi joylaşgan. Bu qudratli tandem nafaqat bugungi yuqori unumdorlikni, balki ertangi vazifalar uçun sezilarli mustahkamlik zaxirasini ham ta’minlaydi. Şu sababli, foydalanuvçi yildan yilga tobora talabçan bölib borayotgan dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini osonlikça boşqaradi va endigina çiqayotgan öyinlardan zavq oladi.

DDR5 tezkor xotirani 64 GBʼgaça kengaytiriş va qöşimça SSD örnatiş imkoniyatiga ega bölgan bu noutbuklar har qanday çaqiriqqa — keng kölamli kurs loyihalaridan tortib şaxsiy kontent yaratişgaça tayyor. Strix G16 va G18 egasi nafaqat yuqori unumdorlikka, balki eng mas’uliyatli vaqtda ham işonçsiz qoldirmaydigan mustahkamlikka ega böladi. Bu kelajakni közlaganlar uçun haqiqatan ham aqlli tanlov.

ROG Zephyrus G16 — ijodkorlik va mobillikka sarmoya
ROG Zephyrus G16 bu — unumdorlik bilan birga mobillikni ham qadrlaydigan odamlar uçun puxta öylangan sarmoyadir. ASUS uşbu noutbukni hatto öqişda ham öz ijodkorligini namoyiş etişdan boş tortmaydigan kreativ odamlarning vazifalari va ehtiyojlari uçun yaratdi. Bunda katta kuç foydalanuvçini iş stoliga boğlab qöymasdan ixçam korpusga joylaştirilgan.




















