Turizm qömitasi tomonidan va SamAuto hamkorligida hamda Tegeta Motors kömagida taşkil etilgan “Orolga taşrif” xalqaro avtosayohat loyihasi iştirokçilari Qoraqalpoğistonga yöl oldi.

Xabar berilişiça, 8 kun davomida 70 dan ortiq iştirokçilar 30 ga yaqin yöl tanlamas avtomobillarida Nukus, Möynoq, Orol böyi hududi, Buxoro, Xiva va Navoiy viloyatlariga taşrif buyurib, mintaqaning turistik maskanlari, ekologik muammolari hamda mahalliy aholining turmuş tarzi bilan yaqindan tanişadilar.

Sayohat davomida iştirokçilar Orol dengizining qurigan tubi, Möynoqdagi tarixiy kemalar qabristoni va ekologik ofat oqibatlari haqida ma’lumot oladilar.

Şuningdek, ular hududdagi ekologik tiklaniş loyihalari, yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar bilan ham tanişiş imkoniyatiga ega böladilar.

“Orolga taşrif” xalqaro avtosayohat loyihasi iştirokçilari Möynoqda joylaşgan Orol fojiasi muzeyi, Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi san’at muzeyi, Buxoro, Navoiy va Xiva şaharlarining turizm salohiyati bilan yaqindan tanişadilar.