Iqtisodiyot va moliya vazirligining bildirişiça, “Taşabbusli budjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 22 263 ta loyiha kelib tuşgan bölib, şulardan 18 656 tasi ovoz beriş bosqiçiga ötkazilgan.
Ma’lumot berilişiça, Oltinköl va Uluğnor tumanlarida loyihalar işçi komissiya tomonidan asossiz ravişda rad etilganligi yuzasidan işonç raqamiga fuqarolar tomonidan şikoyatlar kelib tuşgan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan loyihalarni amaldagi qonunçilikda belgilangan me’zonlarga asosan qayta körib çiqiş yuzasidan xatlar yuborilgan bölsada, tegişli tuman işki komissiyalari tomonidan loyihalar qayta körib çiqilişi ta’minlanmagan.
“Şu munosabat bilan, loyihalarni saralaş bosqiçida amaldagi me’zonlarga rioya etilmaganligini inobatga olib, fuqarolardan kelib tuşgan şikoyat va e’tirozlar asosida Uluğnor va Oltinköl tumanlarida taşabbusli budjetning 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz beriş bosqiçi ötkazilmaydi”, deyiladi vaxirlik xabarida.
Eslatib ötamiz, saralaşdan ötgan loyihalar uçun 19-21 avgust kunlari 3 kunlik tarğibot bosqiçi ötkazildi. 22 avgustdan 31 avgustga qadar esa loyihalarga ovoz beriladi.











