Muloqot çoğida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari, jumladan Orolböyi aholisi salomatligiga ta’sir etuvçi ekologik omillarni bartaraf etişga qaratilgan qöşma dasturlar muhokama qilindi.
Jumladan, Orolböyi mintaqasi uçun profilaktika va salomatlikni yaxşilaşga qaratilgan qöşma dastur doirasida 2026 yil aprel oyida Ostonada ötkazilişi rejalaştirilgan mintaqaviy ekologik sammitga tayyorgarlikning borişi körib çiqildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan hamkorlikni kengaytiriş, xususan, mazkur tuzilma vakillarining şu yil 15-16 sentabr kunlari Qoraqalpoğistonga bölib ötadigan amaliy safari doirasida yangi loyihani boşlaş va uç tomonlama bitimni imzolaş yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, tomonlar Nukus şahrida diagnostik laboratoriyalar tarmoğini yaratiş va uni qozoğistonlik salohiyatli kompaniya boşqaruviga beriş taşabbusini qöllab-quvvatladi.
Özbekiston prezidentining 2024 yil avgust oyida Ostonaga qilgan taşrifi yakunlari böyiça işlab çiqilgan "yöl xaritasi"ga kiritilgan loyihalarning amaliy ijrosi körib çiqildi.
Muloqot yakunida Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi hamkorlik töğrisidagi bitimning yangilangan tahririni tezkor kelişiş va imzolaşga tayyorlaş va boşqalar töğrisida kelişib olindi.








