Kursk viloyati gubernatori örinbosari vazifasini bajaruvçi Vladimir Bozorov qölga olindi. Bu haqda Telegramʼda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvçi va Bozorovning rahbari Aleksandr Xinşteyn xabar berdi.

«Uning Belgorod viloyatida xuddi şunday lavozimda işlagan (gubernatorning quriliş işlari böyiça örinbosari) oldingi iş joyi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki iş mudofaa inşootlarini quriş bilan boğliq», deb yozgan Xinşteyn. Uning sözlariga köra, Kursk viloyati hukumati kerak bölsa tergovga yordam beradi.

Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov, öz navbatida, Max messenjerida Bozorovning hibsga olinişi sabablari haqida hozirça rasmiy ma’lumotga ega emasligini aniqladi.