Portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu Özbekiston milliy jamoasini boşqariş haqida taklif oldi, ammo hozir loyihaga rahbarlik qilişning mavridi emasligini tuşundi. Bu haqda Portugaliya naşrlari xabar berdi.

«Özbekiston milliy jamoasi 2026 yilda bölib ötadigan navbatdagi jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritdi va final bosqiçida Paulu Bentu jamoani boşqarişini kutgan edi. Biroq, portugaliyalik mutaxassis uçun taklif qilingan şartlar yetarli darajada jozibador emas edi», deb yozdi O Jogo.

«56 yoşli portugaliyalik murabbiy loyihada iştirok etiş uçun zarur deb hisoblagan şartlar bajarilmaganini tuşunib yetgan va şu sababli taklifni rad etgan», deb yozdi Record.

Portugaliya naşrlari aynan qaysi şartlar Paulu Bentuni qoniqtirmagani haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Qayd qilinişiça, turli jamoalar 2026 yilgi jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraşayotgan bir paytda, Paulu Bentu işga qaytiş uçun zarur şart-şaroitlarni ta’minlaydigan imkoniyatni kutiş maqsadida yangi takliflarga oçiq qolmoqda.

Paulu Bentu murabbiylik faoliyatini 2005 yil vatanida, «Sporting» klubida boşlagan. Keyinroq, Braziliyaning «Kruzeyro», Gretsiyaning «Olimpiakos» va Xitoyning «Çunsin Lifan» klublarida işlagan.

2010 va 2014 yillar oraliğida Portugaliya milliy jamoasini boşqarib, Yevro-2012 yarimfinaliga olib çiqdi. Keyinçalik Janubiy Koreyani Qatarda bölib ötgan JÇ-2022 final bosqiçiga olib çiqib, Osiyoda ham hurmatga sazovor böldi. Sönggi yillarda BAA milliy jamoasida işladi.

Ayni paytda Özbekiston milliy jamoasini Temur Kapadze boşqarib turibdi. ÖFA Paulu Bentu bilan muzokara ötkazgani haqida heç qaçon xabar bermagan.