Viza markazlari va konsalting firmalar faoliyatida davlat tiliga rioya qilinmayotgani yuzasidan Raqobat qömitasiga fuqarolardan köplab e’tirozlar kelib tuşmoqda.

Qömita xabariga köra, Qaşqadaryo viloyatidan bir fuqaro VFS Global vakolatxonasi xizmatlarida (ovozli menyu, operatorlar, hujjatlar) davlat tili qöllanilmayotgani, iş yuritiş hujjatlari faqat rus va ingliz tillarida bölayotganidan noroziligini bildirgan.

“Davlat tili haqida”gi qonun talablaridan kelib çiqib, qömita bu holat böyiça kompaniyaga tegişli çoralar köriş va 10 kun içida javob taqdim etiş yuzasidan rasmiy murojaat yubordi.

Özbekiston Respublikasida özbek tili davlat tili bölib, “Davlat tili haqida”gi qonun va boşqa qonun hujjatlari bilan uning qöllanişi qat’iy tartibga solingan.

“Qömita tomonidan uşbu holat böyiça belgilangan tartibda çora-tadbirlar körilmoqda hamda davlat tilida iste’molçilarga töliq va tuşunarli axborot taqdim etilişini ta’minlaş masalasi nazoratga olingan”, – deyiladi iste’molçilar huquqini himoya qiliş sohasidagi vakolatli organning axborotida.

Avvalroq, iyul oyida Özbekiston Taşqi işlar vazirligida VFS Global'ning mintaqaviy direktori bilan uçraşuv ötkazilgandi.