Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Temur Kapadze CAFA Nations Cup-2025 turniri doirasidagi Qirğizistonga (4:0) qarşi öyindan söng öz fikrlarini aytdi.
Özbekiston guruhda birinçi örinni oldi va 8 sentabr kuni finalda Eron milliy jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
«Oson öyin bölmadi. Raqiblarga ham minnatdorlik bildiraman, ular yetarliça qarşilik körsatdi. Taktikani raqibga qarab tanladik. Pressingda bizga köproq hujumçi kerak edi. Şu sabab 3 himoyaçi sxemasini tanladik.
Har bir öyinda kimnidir alohida ajratib körsatiş töğri bölmaydi. Futbol — jamoaviy sport turi. Şunday ekan, unda hamma birdek ğalabaga hissa qöşadi.
Eron bilan köp öynaganmiz. Tojikistonda ötgan öyinlarni kuzata olmadik. Sababi, öz öyinimiz bilan band edik. Şunga qaramay, ular har doim xavfli jamoa bölib qoladi. Eronga qarşi yanada jiddiyroq tayyorgarlik köramiz.
Urugvay bilan örtoqlik öyini ötkazamiz. Şuningdek, Argentinaga qarşi örtoqlik bahsi ötkaziş ham rejada bor edi.
Bizda hozir yuqori saviyadagi himoyaçilar bor. Husanov, Aliqulov kabi himoyaçilarning yetişib çiqayotgani biz uçun quvonarli.
Mundialgaça işlab çiqilgan aniq rejamiz bor. Biroq hozirgi vaziyatni juda yaxşi tuşunib turibsiz. Şunday ekan, hozir bir narsa deya olmayman», dedi Kapadze uçraşuvdan söng.
Avvalroq, Yoahim Lyov va Paulu Bentu Özbekiston milliy jamoasini boşqariş taklifini qabul qilmagani haqida xabar berilgan edi. Norasmiy ma’lumotlarga köra, ÖFA milliy jamoani xorijlik murabbiyga topşiriş ustida işlamoqda.













