4 yil oldingi hukumat qaroriga asosan, 2025 yil yakunigaça davlat-xususiy şeriklik asosida talabalar uçun 241 ta yotoqxona qurilişi kerak edi. Oliy ta’lim vazirligi bölimi boşliği Doniyor Yusupovning Kun.uz'ga aytişiça, oxirgi 3 yilda 73 ta yotoqxona qurilgan. U keçikişlarni qurilişga ruxsat oliş, DXŞ tartib-qoidalari va boşqa omillar bilan izohladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil sentabrida qabul qilingan 563-sonli qaroriga köra, oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab oliş darajasini oşiriş çora-tadbirlari belgilangan edi.
Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oldiga 2025 yil yakuniga qadar DXŞ asosida 241 ta talabalar turar joyini barpo etiş vazifasi qöyilgandi.
Kun.uz yangi öquv yilining ilk haftasida bu topşiriqning ijrosi bilan qiziqib, vazirlikning Davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği Doniyor Yusupov bilan suhbatlaşdi.
Talabalar yotoqxonasi yana kun tartibida – vazirlik rejani bajara ol(a)dimi?
Rejadagi 241 tadan amalda 73 tasi qurilgan
Vazirlikning hisob-kitoblariga köra, Özbekistonda 1,5 mln nafar talaba bölsa, şuning kunduzgi ta’lim şaklida öqiydiganlari 540 mingdan ziyodni taşkil etadi. Şundan 270 mingga yaqinining turar joyga ehtiyoji bor.
2025 yil 1 sentabr holati bilan davlat oliy ta’lim muassasalarida 155,8 ming nafardan ortiq talabaga möljallangan 385 ta talabalar turar joyi bor. Bu – yotoqxonaga ehtiyoji bor 270 ming nafar talabaning 114,2 ming nafari uçun joylar yetişmovçiligini körsatadi.
Yusupovning aytişiça, 2022-2025 yil dasturiga asosan, bugungi kungaça 74 100 örinli 170 ta yotoqxona barpo etilib, foydalanişga topşirilgan. Yana 34 500 örinli 58 ta yotoqxonalar loyihalari amalga oşirilyapti. Şundan 21 500 örinlisida quriliş işlari ketmoqda.
Ammo 170 ta yotoqxonaning hammasi ham yangidan barpo etilmagan, ular orasida ta’mirlangan, qayta rekonstruksiya qilinganlari ham bor.
“Oxirgi 3 yil içida töliq davlat-xususiy şeriklik asosida 38 600 örinli 73 ta yangi yotoqxona qurilgan. Undan taşqari, oliy ta’lim muassasalarining öz budjetidan taşqari mablağlari, davlat şu maqsadda ajratilgan investitsiya dasturlari doirasida ham yana yangidan qurilgan yotoqxonalar mavjud. Ular ham köp”, – dedi rasmiy.
Hukumatning yuqorida eslatilgan qaroriga köra, 2022 yilda 37 ta, 2023 yilda 59 ta, 2024 yilda 72 ta va 2025 yil oxirigaça 73 ta DXŞ asosidagi yotoqxonalar qurilişi kerak edi. Ammo mas’ulning bergan ma’lumotidan kelib çiqilsa, topşiriq atigi 30 foizga bajarilgan.
Talabalar uçun yotoqxonalar quriş rejasi bajarilmayapti. Muammo nimada?
Keçikiş nima bilan boğliq?
Doniyor Yusupov keçikişni qurilişni boşlaşga ruxsat oliş jarayoni uzoqligi bilan izohladi.
“Quriş jarayonini körsangiz, juda köp muddat talab qiladi. Sababi har bitta loyiha yangi qonunçilik böyiça ekologik xulosa oliş kerak. U hududda bitta kiçkina daraxt bölişi mumkin, uni köçiriş çoralarini köriş kerak. Buning hammasi nimaga boradi? Vaqt talab qiladi. Uning tagidan kommunikatsiya [tarmoqlari] ötgan bölişi mumkin.
Misol, qaysidir tumanning elektr toki ötib ketgan bölişi mumkin, qaysidirida kanalizatsiya ötib ketgan bölişi mumkin. Biz qurayotganda uni bilmaymiz. U quriliş jarayonida yuzaga keladi. Uni hammasini ötkaziş vaqt oladi. Hamma idoraning vaqti bor-da”, – deydi u.
Mas’ulning qöşimça qilişiça, davlat-xususiy şeriklikda tadbirkor loyihasini tenderga joylaştirganda, qonunçilik böyiça e’lon 45 kun turişi talab etiladi. Ya’ni bu ham vaqt oladigan jarayon.
Toşkentda boşpanasiz talabalar – vazir nima deydi?
Yusupov bitta yotoqxona qurilişiga qança vaqt ketişini tuşuntirişga urindi. Uning ta’kidlaşiça, 400 örinli TTJ uçun örtaça 7-8 oy kerak, ming yoki undan köproği esa 1,5-2 yil talab etadi.
“Bundoq qarasangiz, bu butun dunyoda bor narsa özi. Hamma 100 foiz yotoqxona bilan qamrab olinmagan. Hatto zamonaviy, öşa bizdan iqtisodi yuqori bölgan davlatlarda ham 100 foiz ta’minlanmagan.
Muhtaram prezidentimiz tomonidan bu yotoqxona bilan ta’minlanmagan bola uçun ham ijara tölovi haqqi belgilab qöyilgan. Şuning uçun u ta’minlanmadi deya olmaymiz, u bola köçada qolmagan. Bugungi kunda [qonuniy ijarada turgan] har bir talaba Toşkent şahrida 412 ming söm – bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida davlatdan kompensatsiya oladi”, – dedi vazirlik vakili.
Uning qöşimça qilişiça, hozirda Farğona viloyatidagi tadbirkor yotoqxonasi talabalar bilan yetarliça tölmagani uçun vazirlikka murojaat qilgan.
“Farğona viloyatidan bugun xat keldi: qurgan yotoqxonamizga yetadigan talaba yöq, yotoqxonamni töldirib bering, degan ma’noda tadbirkordan xat kelyapti. Könglingizni töq qilib bilsangiz böladi, şu darajadaki, yotoqxonalar juda köp, oldingiga nisbatan juda köp qurildi. Haqiqatda tan oliş kerak buni”, – deydi Oliy ta’lim vazirligi bölim boşliği.
Yusupovning aniqlik kiritişiça, talabalar yetişmayotgan yotoqxona hozirça bitta, u ham bölsa yuqorida keltirilgan Farğona viloyatida. Qolgan hududlarda bunday holat kuzatilmagan.
Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi.











