Özbek talabalarining oğriqli muammolaridan biri – boşpanasizlik. Har yangi öquv yili yaqinlaşar ekan, yotoqxonalar bilan boğliq muammo kun tartibiga çiqaveradi.

2021 yil iyun oyida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan selektorda prezident Şavkat Mirziyoyev talabalarning yotoqxona muammosiga töxtalgandi. Davlat rahbari talabalar uçun qöşimça 149 mingta turar joyga ehtiyoj borligi va bu masalani tadbirkorlar bilan xususiy şeriklik orqali tezda hal qiliş mumkinligini aytgandi.

Şundan söng, 2021 yil sentabrida qabul qilingan hukumat qarori bilan, respublika böyiça davlat-xususiy şerikçiligi asosida har biri örtaça 400 örinli jami 228 ta talabalar turar joylari barpo etilişi belgilangandi. 2022 yilda hududlarda 47 ta yotoqxona qurilişi kerak edi.

Ammo...

2022 yilning yarmidan köpi ortda qoldi, talabalar yotoqxonalarini quriş rejasi esa deyarli bajarilmadi. Kun.uz TTJlarni quriş jarayonlari qanday ketayotganini örgandi.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga köra, bugungi kunda 2 ta OTM – Nukus va Samarqand davlat universitetlarida yotoqxonalar qurilib foydalanişga topşirilgan. Bu 2022 yilgi rejadan hozirça 4 foizi bajarilganini körsatadi.

TTJ quriş uçun tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilganiga qaramay, jarayon sekin ketmoqda. Talabalar kontingenti eng katta bölgan Toşkent şahrida esa bu boradagi işlar deyarli boşlanmagan. Faqat Özbekiston davlat jahon tillari universitetida tadbirkor 1 200 örinli yotoqxona qurmoqda. Rejaga kiritilgan boşqa 9 universitet böyiça esa hali mavhumlik bor.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşiği Doniyor Yusupov Kun.uz bilan suhbatda tadbirkorlarda yotoqxonalar quriş loyihalariga qiziqiş bölmaganini ta’kidladi.

“Birinçisi, Toşkentda hali tadbirkorlar loyihalarga qiziqmayapti. Sababi bu loyihadan köra köp qavatli uy qurib sotişni afzal bilişyapti, çunki yotoqxona quriş – uzoq muddatli loyiha.

Loyiha tadbirkorlar uçun jozibador emas ham deya olmaymiz, çunki yaqinda 239-sonli qaror bilan yana subsidiyalar miqdori oşirildi. Toşkentda işlar ketyapti, lekin tadbirkorlar aynan davlat-xususiy şerikçiligi asosida iş boşlaşni xohlamayapti.

“Davlat xususiy şerikçiligi töğrisida”gi qonunni közdan keçirsangiz, tadbirkor uçun jarayon juda murakkabligini körasiz. Loyihalar 45 kun e’londa turgandan keyin qilaman deb turgan tadbirkorlar taşlab ketyapti, fikri özgarib qolyapti. Quraman deb imzo qöygandan keyin bitim imzolaşga kelganda: “Böldi, boşqa iş topdim, pulimni “dom” qurilişiga tikaman yoki dökon oçaman”, deb fikridan qaytyapti.

Şunaqa joylari bizni qiynayapti – jarayon juda uzoq. Joriy yilning may oyidagi hukumat qarori bilan talabalar turar joylarini quradigan tadbirkorlarga köproq imkoniyatlar berildi – subsidiyalar miqdori 20 barobarga oşirildi, bino umumiy maydonining 20 foizidan oşmagan qismiga bölgan mulk huquqi berildi. Şunga qaramay, hamma tadbirkorlar jarayon uzoqligidan norozi.

Ikkinçi sababi – yer. Toşkent şahrida OTM joylaşgan hududlarda böş turgan joy 30 sotixdan kam bölişi kerak emas. Lekin 30 sotix böş turgan joy yöq – daraxtlar bor. Daraxtni kesiş böyiça moratoriy bor, uni kesib bölmaydi, ekologiya boşqarmalari ruxsat bermaydi.

Mahalliy hokimiyatlarga ikki martalab böş yer sörab xat çiqarganmiz, xatimizga javob ham kelgani yöq. Butun respublika böyiça birorta hokimlik xatimizga javob bermadi. Qarorda 176 ta yotoqxona universitet hududidan, qolgani mahalliy hokimliklarning yerlari hisobidan qurilişi belgilangan. Lekin amalda bunday bölmayapti. Masala faqat bizga boğliq emas.

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan loyihamiz ketyapti, Toşkentda 41 ming örinli yotoqxona quriş loyihasi ustida işlayapmiz. Tadbirkorlar yotoqxonalar qurişga qiziqmayotgani bois YeTTB bilan muzokaralar olib boryapmiz. Prezidentning 101-sonli farmonida YeTTB bilan işlaşimiz körsatilgan. Xalqaro normalar böyiça qadamma-qadam yotoqxonalar quriladi”, deydi u.

Özbekistonda 2025 yilga qadar har biri örtaça 400 örinli bölgan 228 ta talabalar turar joylari qurilişi rejalaştirilgan. Agar bu boradagi işlar şu tariqa sust olib boriladigan bölsa, özbek talabalari yaqin yillarda ham boşpana muammosiga duç kelaveradi.