Iş haftasi davomida Özbekiston hududi böyiça asosan quruq ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.

Duşanba kuni kunduzi Toşkent viloyatida ayrim joylarda va 12 sentabr, juma kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Havo harorati keçalari +15…+20 daraja, kunduz kunlari +28…+33 daraja atrofida, janubda +35…+38 darajagaça böladi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

8–10 sentabr kunlari Toşkent va Farğona viloyatlarining ayrim toğli hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.

Toşkent şahrida duşanba kunduzi havo biroz bulutli böladi, biroz qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Şamol şarqdan 3–6 metr/soniya tezlikda esadi, 8 sentabrda ba’zi joylarda 8–10 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Harorat asosan keçasi +18…+20 daraja, kunduzi +30…+32 daraja böladi.