AQŞdagi oraliq saylovlarda amaldagi prezidentlar partiyasi köp pozitsiyalarni boy berişi odatiy holat, ammo bu safargi mağlubiyat ança oğir böldi va köpçilikning fikriça, uning kölami Donald Tramp hokimiyatga qaytişining dastlabki ikki yilida olib borgan siyosatdan saylovçilar qançalik norozi bölganini körsatadi.

BBC amerikalik saylovçilar Respublikaçilar partiyasini bu qadar köp mandatdan mahrum etganining beşta sababini körib çiqdi.

1. Narxlar oşişi

Atlantika okeani sohillaridan Tinç okeani sohillarigaça bölgan hududlarda yaşovçi saylovçilarning barçasi barça zarur mahsulotlar narxi oşişi muammosiga töqnaş keldi. Ular bundan qançalik ğazablangani asosiy okrug va ştatlardagi saylov uçastkalarida yaqqol sezilib turardi.

«Benzin qimmatlaşmoqda, oziq-ovqat qimmatlaşmoqda, barçasi qimmatlaşmoqda!» – deydi BBC bilan suhbatda Şimoliy Karolina ştatidagi saylovçilardan biri. U ilgari respublikaçilar uçun ovoz berib kelgan, ammo bu safar ovozini demokratlarga bergan.

Bir yil içida, 2025-yil sentabridan 2026-yil sentabriga qadar bölgan muddatda AQŞda narxlar örtaça 3,7 foizga oşgan. Yoqilği qimmatlaşişi narxlarni yuqoriga kötarmoqda. Rasmiy statistikaga köra, sentabr oyida dizel yoqilğisining çakana örtaça narxi bir gallon uçun rekord darajadagi 6 dollar-u 52 sentga yetgan (bir litr uçun 1,72 dollar); oktabrda narx pasaygan, ammo sezilarli darajada emas.

Har ön saylovçidan sakkiz nafari (79 foizi) uçastkalardan çiqiş vaqtida ötkazilgan sörovlarda inflyatsiya tufayli sönggi bir yil içida örtaça yoki hatto jiddiy qiyinçiliklarga duç kelganini aytişgan. Şu bilan birga, söralganlarning 60 foizdan ortiği narxlar oşişida aynan Tramp va uning siyosatini ayblamoqda.

2. Erondagi uruş

Narxlar oşişiga olib kelgan asosiy omil Qöşma Ştatlar va Isroil fevral oyi oxirida Eronga qarşi boşlagan uruş böldi.

Şundan keyin Tehron neft va suyultirilgan gaz taşişdagi muhim yöllardan biri hisoblangan Hörmuz böğozini tösib qöydi, bu esa energetika mahsulotlari narxlari keskin oşişiga hamda amerikalik saylovçilar uruş tufayli yoqilği quyiş şoxobçalarida katta haq tölaşiga sabab böldi.

Şuning uçun amerikaliklarning köpçiligi Eron bilan uruşni maʼqullamayapti. Saylov kuni fikr olinganlarning 63 foizi harbiy harakatlarni boşlaş qarori xato bölganini aytgan. Söralganlarning törtdan uç qismi, yaʼni 74 foizi esa bu uruş kimga ovoz beriş böyiça qaror qabul qilişda hal qiluvçi omil bölganini bildirgan.