Fransiya Milliy majlisi Fransua Bayru hukumatiga işonçsizlik bildirganidan bir kun ötib Fransiya prezidenti Emmanuel Makron özining yaqin ittifoqçisi, mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyuni boş vazir etib tayinladi. Parijdagi Yelisey saroyi 9 sentabr, seşanba kuni ma’lum qilişiça, 39 yoşli siyosatçiga budjet böyiça konsensusga erişiş uçun parlamentdagi partiyalar bilan maslahatlaşuvlar ötkaziş topşirilgan.
Şundan söng, Lekornyu prezidentga yangi vazirlar mahkamasi tarkibini taklif qilişi kerak, deyiladi ma’lumotda. Yangi hukumat rahbari imkon qadar tezroq mamlakatning 2026 yilgi budjetini Milliy majlis tomonidan tasdiqlaşi va avvalgi boş vazir Bayruning iste’foga çiqişiga sabab bölgan ziddiyatni hal qilişi kerak.
Şu tariqa, sönggi ikki yil içida beşinçi marta yangi boş vazirni tayinlaşga majbur bölgan Makron hukumatni şakllantirişni söl partiyalarga topşirişdan yana boş tortdi, deya qayd etadi Reuters. Muxolifat bu qarorni tanqid qildi. Xususan, «yaşillar» yetakçisi Marin Tondele parlament saylovlarida faqat ikkinçi örinni egallagan hukumat lageridan boşqa boş vazir tayinlanişini «provokatsiya» deb atadi.








