AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vensning aytişiça, Rossiya Ukrainaga hududiy talablar qöygan va hozir Kiyev nazorati ostida bölgan taxminan 6 ming kvadrat kilometr maydonga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda u One America News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Ruslar taxminan 6 ming kvadrat kilometr maydonni xohlayapti, ular hali harbiy kuç bilan bosib olinmagan. Ruslar şuni istayapti», dedi u.

Şu bilan birga, Vens prezident Donald Tramp agar Ukrainadagi mojaro hal qilinsa, Rossiya bilan yaqinroq iqtisodiy hamkorlikka erişiş niyatida ekanini aytdi.

«Rossiya sizga yoqadimi yoki yöqmi, ularning mojaro haqidagi dalillariga qöşilasizmi yoki yöqmi, oddiy fakt bor: ularda köp neft, köp gaz, köp mineral resurslar bor», deb ta’kidladi Vens.

Avvalroq Kreml bundan boşqa talablarni ham ilgari surgani xabar qilingandi: 2022 yilda anneksiya qilingan hududlardan Ukraina qöşinlarini olib çiqiş, NATOga qöşilişdan boş tortiş, Qrimni Rossiya hududi sifatida tan oliş. Agar şartlar qabul qilinmasa, Rossiya harbiy harakatlarni davom ettirişga va’da bergan.