Oliy Majlis Senatining 18-plenar majlisida “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun ma’qullandi.

Senat matbuot xizmati ma’lumotiga köra, mazkur qonun avval Senatning 17-plenar majlisida körib çiqilib, uni takomillaştiriş böyiça takliflar bilan Qonunçilik palatasiga yuborilgan. Keyinçalik senatorlar va deputatlardan iborat kelişuv komissiyasi manfaatdor davlat organlari va taşkilotlari vakillari iştirokida hujjatni qayta işlab çiqqan.

Konstitutsiyaviy qonun IT-park hududida faoliyat yurituvçi Enterprise Uzbekistan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi uçun ingliz huquqi tamoyillariga asoslangan huquqiy poydevor yaratadi.

Qonunga muvofiq, Markazni taşkil etiş, uning faoliyatini yölga qöyiş va çegaralarini özgartiriş, strategik boşqaruvni amalga oşiriş hamda asosiy mansabdor şaxslarni tayinlaş Özbekiston prezidentining tegişli farmon va qarorlari asosida amalga oşiriladi.

Şuningdek, Markazda moslaşuvçan soliq va bojxona rejimi joriy etilişi, ayrim faoliyat turlarini soliqlardan ozod qiliş, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallarni olib kiriş tartibini soddalaştiriş közda tutilgan.

Markaz iştirokçilarini röyxatdan ötkaziş va boşqariş uçun “yagona darça” mexanizmi taşkil etiladi. Şu bilan birga, intellektual mulk va investitsiyalarni himoya qiliş böyiça qöşimça kafolatlar joriy etiladi.

Kutilmoqdaki, Markaz faoliyati mamlakatning raqamli xizmatlar eksportini 2030-yilga borib 5 milliard AQŞ dollariga yetkazişga xizmat qiladi. Şuningdek, iqtisodiyotda 300 mingdan ortiq yangi yuqori daromadli iş örni yaratiş va iqtidorli yoşlarni Özbekistonning özida jahon standartlariga mos iş haqi bilan ta’minlaş uçun şaroit yaratilişi rejalaştirilgan.

Qonunning qabul qilinişi xorijiy investorlarning mulkiy va intellektual huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qiliş uçun huquqiy asos yaratişi kutilmoqda. Bu esa Apple, Google, Microsoft va Amazon kabi yirik transmilliy IT-kompaniyalarni Özbekiston bozoriga töğridan-töğri jalb qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.

Senatorlarning fikriça, yangi huquqiy rejim YaIMda IT-sektor uluşini oşiriş, raqamli sohaga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar oqimini köpaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va IT-xizmatlar eksportini kengaytirişga xizmat qiladi.