Davlat rahbari mamlakatda «yaşil» energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytiriş ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Şu munosabat bilan investorlarga quyoş va şamol elektr stansiyalari quriş, energiya saqlaş tizimlarini rivojlantiriş, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş hamda «yaşil» energiya asosida işlaydigan data-markazlar barpo etiş böyiça qator takliflar bildirildi.
Prezidentning qayd etişiça, sun’iy intellektni rivojlantiriş bugungi kunning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi. Xorijiy ekspertlar baholaşiça, kelgusi beş yil içida mazkur sohada Özbekiston iqtisodiyoti uçun kamida 10 milliard dollarlik qöşimça qiymat yaratilişi mumkin.
«Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barça qatlamlari hayotini yaxşilaş, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanişdan iborat», — dedi davlat rahbari.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uçun maxsus zona taşkil etilgani ma’lum qilindi. Uşbu hududda faoliyat yurituvçi investorlar 2040 yilga qadar barça turdagi soliqlar va bojxona tölovlaridan ozod etiladi.
Bundan taşqari, maxsus zonada yöl, elektr va suv infratuzilmasi davlat mablağlari hisobidan qurib berilişi, elektr energiyasi uçun esa 1 kilovatt-soatga 5 sent miqdorida imtiyozli tarif qöllanişi belgilangan.
Prezident investorlarni raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va «yaşil» energetika sohalaridagi istiqbolli loyihalarda faol iştirok etişga çaqirdi.

















