Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2026-yil 4-avgustda qabul qilingan va Senat tomonidan 8-avgustda ma’qullangan. Prezident uni 19-avgust kuni imzolagan, hujjat 20-avgustda davlat röyxatidan ötkazilgan. Qonunning asosiy maqsadi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi hududida maxsus huquqiy rejim örnatişdan iborat.
Hujjatga köra, Markaz faoliyati raqamli texnologiyalar sohasida investitsiyalarni jalb qiliş, raqamli xizmatlar eksportini oşiriş, startaplarni qöllab-quvvatlaş, intellektual mulkni himoya qiliş va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirişga yönaltiriladi.
Markazdagi maxsus huquqiy rejim 2100-yilgaça amal qiladi. Uning hududi prezident tomonidan belgilanadi. Markazni taşkil etiş zarurati tuğilganda uning hududi Toşkent şahrining alohida ma’muriy-hududiy birligi sifatida taşkil etilişi ham mumkin.
Ingliz tili rasmiy iş yuritiş tili böladi
Qonunda Markazning rasmiy iş yuritiş tili ingliz tili ekani belgilangan. Rasmiy iş yuritiş jarayonida zarurat tuğilsa, davlat tilidan ham foydalaniş mumkin. Markaz hujjatlarining davlat tiliga tarjimasi kirill yoki lotin alifbosida amalga oşirilişi mumkin.
Markazning oliy organi Boşqaruv kengaşi hisoblanadi. U Markaz faoliyatining strategik yönalişlarini belgilaydi va uning yuqori boşqaruvini amalga oşiradi. Özbekiston prezidenti Boşqaruv kengaşi raisi hisoblanadi.
Markaz iştirokçilari rezidentlar va investorlardan iborat böladi. Investorlar esa institutsional investor, startap-investor, rezident-investor va infratuzilmaviy investor kabi toifalarga ajratiladi.
«Tartibga soliş qumdoni» joriy qilinadi
Qonunda «tartibga soliş qumdoni» mexanizmi ham nazarda tutilgan. U innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni nazorat qilinadigan muhitda sinovdan ötkaziş imkonini beradi. Bunday sinovlar uçun amaldagi tartibdan farq qiluvçi maxsus tartib-taomillar belgilanişi mumkin.
Sinov natijalari ijobiy baholangan loyihalar böyiça Markaz hududida maxsus huquqiy rejim doirasida loyihani belgilangan çeklovlarsiz amalga oşirişga ruxsat beriş yoki uning kölamini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş çoralari körilişi mumkin.
Soliq va bojxona uçun alohida tartib

















