54 yoşli erkak avtobusda şahvoniy şilqimlik qilib, yölovçi qizlarning orqa qismiga qöl çözgan. Uning bu harakatini boşqa bir yölovçi tasvirga tuşirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida avtobusda erkakning qizlarga şahvoniy şilqimlik qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Poytaxt IIBB axborot xizmati uşbu harakatni amalga oşirgan erkak uşlanganini ma’lum qildi.

Kun.uz tanişgan sud qarorida keltirilişiça, holat 2025 yil 11 sentabr kuni sodir bölgan. 1971 yilda tuğilgan F.S. “Xalqlar döstligi-Sirğali” yönalişida böyiça harakatlanayotgan 11-sonli avtobusda yölovçi sifatida ketayotgan qizlarning orqasiga qöllari bilan teginib, ularga nisbatan şahvoniy şilqimlik qilgan. 17 sentabr kuni holat yuzasidan Çilonzor tuman IIOFMB HPX profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Toşkent şahar IIBB axborot xizmati e’lon qilgan lavhada erkak bu işi bilan şarmanda bölganini aytgan.

“Drujba tomonda yonimga bir qiz çiqdi. Özimni uşlolmay, nafsimni tiyolmasdan orqa tomoniga qölim ketib qoldi. Şunaqa iş qilib qöydim. Şarmanda böldim. Uzr sörayman”, degan u.

Erkak qilgan qilmişidan puşaymon ekanini, boşqa bunaqa holat qaytarilmasligini bildirgan.

JIB Çilonzor tuman sudining 2025 yil 17 sentabrdagi qarori bilan F.S. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Marğilon şahrida 17 yoşli qizga mahalla binosida şilqimlik qilgan 48 yoşli mahalla raisi 4 sutkaga qamalgandi.