Bolalar ombudsmanining xabar qilişiça, uning şaxsiy qabuliga Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro murojaat bilan kelgan. U murojaatida joriy yilning 13 may kuni Uçtepa tumani hududida joylaşgan bolalar maydonçasida notaniş erkak 2012 yilda tuğilgan qiz O.Y va uning dugonasi L.A.ga nisbatan şahvoniy şilqimlik, ya’ni voyaga yetmagan qizlarga uyatsiz-buzuq harakatlar qilganligini, lekin tergov organi holatga bola manfaati nuqtai nazaridan yondaşmaganligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani tomonidan tergov va sudning tegişli hujjatlari örganilganda, tergovga qadar tekşiruv vaqtida iş holatlari töla va xolis örganilmasdan, vaziyatga töliq huquqiy baho berilmagan tarzda iş bir tomonlama körilib, yakunlanganligi haqida xulosaga kelingan.

Şundan söng, mazkur işni töla va xolisona tekşiriş uçun Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça apellyatsiya sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritilib, 16 yoşdan kiçik bolalarga nisbatan şahvoniy şilqimlik harakatlarida jinoyat alomatlari borligi tufayli mazkur sud qarorini bekor qilgan holda jinoyat işi qözğatiş uçun tegişli tuman prokuraturasiga yuborilişi söralgan.

Qayd etilişiça, 17 sentabr kuni Toşkent şahar sudida apellyatsiya tartibida iş körib çiqildi va işni qöşimça tergovga qadar tekşiruvga qaytariş va prokuratura tomonidan ayblanuvçiga nisbatan jinoyat işi qözğatiş masalasini hal etiş töğrisida sud qarori çiqarildi.