Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning 2025 yilning 9 oyligida amalga oşirgan işlari va faoliyat natijalariga bağişlangan hisobotida ma’lum qilindi. Murojaatlarning 37 tasi belgilangan tartibda anonim deb topilgan.

Jami murojaatlarning 27,3 foizi iqtisodiy, 24 foizi ijtimoiy, 16,4 foizi şaxsiy, 11,8 foizi murojaat etiş, 3,7 foizi oila huquqlariga, 1 foizi ekologik huquqlarga, 11,9 foizi harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda uşlab turilgan şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşga va 3,9 foizi boşqa masalalarga oid.

Murojaatlar hududlar kesimida aholi sonidan kelib çiqib tahlil qilinganda eng köp masalalar Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toşkent şahriga töğri kelişi aniqlandi.

Hisobot davrida Ombudsman tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş yuzasidan davlat taşkilotlari yoki mansabdor şaxslarga 133 ta da’vo ariza, taqdimnoma, talabnoma, ogohlantiriş va xulosa şaklidagi ta’sir çoralari kiritildi va ularning aksariyati ijobiy hal etildi.

Murojaatlarni örganiş natijalariga köra, inson huquqlari buzilişiga yöl qöygan 33 nafar mas’ul xodim hayfsan, jarima, lavozimidan ozod etiş kabi intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Harakatlaniş erkinligi çeklangan şaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan şaxslar, ularning yaqin qarindoşlari va himoyaçi (advokat)laridan ombudsmanga 2025 yilning 9 oyida 2097 ta murojaat kelib tuşdi.

Şikoyatlarning 37 tasi yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga nisbatan xizmat tekşiruvlari tayinlangan, şuningdek içki işlar idoralarining 5 nafar xodimi intizomiy jazolangan va 1 nafari böşatilgan,

Murojaatlarning 12 tasi yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qabul qilingan qarorlar, Ombudsmanning murojaat xatiga asosan yuqori turuvçi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilişi belgilandi.

2025 yilning 9 oyida Ombudsman tomonidan monitoring taşriflarida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan idora va vazirliklarga 15 ta taqdimnoma, 1 ta xulosa va 13 ta talabnoma şaklidagi ta’sir çoralari kiritildi.