Raisga maqtov, Rossiya nefti, Suriya va F-35 böyiça sanksiyalar – Tramp va Erdöğanning uçraşuvi qanday ötdi?
|18:05 / 26.09.20259 507
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
25 sentabr kuni Oq uyda AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni qabul qildi.
Tramp Erdöğan bilan ikki soatlik muzokaralardan söng muxbirlarga bergan bayonotida uçraşuv «turli masalalarda juda yakuniy» bölganini ta’kidladi, ammo keyinroq e’lon qilinişi aytilgan xabar tafsilotlarini oçiqlamadi.
Maqtovlar
«U juda hurmat qilinadigan odam. Öz mamlakatida ham, Yevropada ham, uni biladigan butun dunyoda ham juda hurmat qilinadi», dedi Tramp Erdöğanga işora qilib. «Uşbu taşrifdan faxrlanaman».
Turkiya prezidenti esa Tramp davrida Anqara va Vaşington «boşqaça jarayon»dan ötayotganini aytdi. «Biz janob Trampning birinçi hamda ikkinçi muddatida ham Turkiya–Amerika munosabatlarida boşqaça jarayonni boşdan keçirmoqdamiz», dedi Erdöğan Oq uyda.
Foto: Reuters
Trampning ikkinçi prezidentlik muddati davomida u Erdöğan bilan döstona aloqalarni saqlab kelgan bölsa-da, ikki davlat örtasidagi munosabatlar sönggi yillarda, ayniqsa Turkiyaning Rossiya bilan davom etayotgan savdosi tufayli taranglaşgan edi.
Al-Jazeera naşrining yozişiça, şunga qaramay, ikki lider uçraşuvda öz munosabatlarini ijobiy körsatişga harakat qildi. Uçraşuvdan söng ular birgalikda tuşlik qildi.
«Biz juda uzoq vaqtdan beri yaxşi munosabatdamiz,» dedi Tramp. «Bu qattiqqöl odam. Bu öz fikrida sobit odam. Odatda menga bunday odamlar yoqmaydi, lekin men uni yoqtiraman».
Erdöğan esa Oq uyga qaytganidan «juda xursand» ekanini bildirdi va Turkiya–AQŞ munosabatlarini «ança yuqori bosqiçga kötariş»ga umid bildirdi.
Mavzuga oid
7 min
Uzoq yillik tanaffusdan keyin Turkiya yetakçisi Oq uyga keldi. Erdöğanni maqtovlar bilan kutib olgan Donald Tramp undan Rossiya neftini sotib olişni töxtatişni söradi. AQŞ öz navbatida Anqaraga F-35 qiruvçi samolyotlarini sotib olişga ruxsat berişi mumkin.
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya nefti
Donald Tramp Yevropa davlatlarini Rossiya neftini sotib olişni töxtatişga undab kelmoqda, buning evaziga u Moskva ustidan qattiq sanksiyalar joriy qilib, Rossiyaning Ukrainadagi bosqini uçun moliyaviy manbalarini quritişga urinişini ma’lum qilgan. Rossiya janglarni töxtatişni rad etayotgani sababli Tramp bu hafta keskin buriliş qilib, Ukraina Rossiyaga yöqotgan hududlarining barçasini qaytarib olişi mumkinligini aytdi.
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya neftini olayotganlar qatorida Turkiya ham bor. Payşanba kuni u Erdöğanni Rossiya bilan davom etayotgan savdosi uçun tanqid qilgandi: «Men uning Rossiyadan neft sotib olişni töxtatişini istayman, ular Ukrainaga qarşi vahşiyliklarni davom ettirayotganda,» dedi Tramp.
Reutersʼning yozişiça, Turkiya Rossiya neftini sotib olişni töxtatadimi, degan savolga Tramp işonç bilan javob bergan:
«Ha, menimça, u töxtatadi. Nega bilasizmi? Çunki u neftni boşqa köplab odamlardan sotib olişi mumkin», dedi Tramp Erdöğan haqida.
Rossiya neftini yana ikkita Yevropa davlati – Vengriya va Slovakiya ham sotib oladi. Ammo Tramp ularga biroz yon berayotgandek, çunki ularning energiyani boşqa manbalardan oliş imkoniyati çeklangan.
F-35 qiruvçilari
Erdöğan qariyb olti yildan keyingi Oq uyga ilk taşrifida F-35 samolyotlarini sotib oliş imkonini beruvçi AQŞ sanksiyalarini bekor qilişga Trampning roziligini olmoqçi.
Naşrning yozişiça, Erdöğan Tramp bilan döstona şaxsiy munosabatlardan foydalanib, yirik qurol-yaroğ bitimlari evaziga kelişuvlar tuzişga intilayotgan AQŞ ma’muriyatidan foyda körmoqçi.
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Erdöğan bilan uçraşuv paytida Tramp F-35 samolyotlarini sotiş böyiça kelişuvga tayyordek körindi.
«Menimça, u özi xohlagan narsalarni sotib olişda muvaffaqiyatli böladi,» deya Trampning sözlarini keltirmoqda Reuters.
«U F-35ni istaydi, bu aniq. Biz bu masalani jiddiy muhokama qilyapmiz,» dedi Tramp. Şuningdek, u Turkiya mudofaa sanoatiga qöyilgan sanksiyalarni «juda tez orada» bekor qilişi mumkinligini qöşimça qildi.
Munozaralardagi ijobiy siljişlar – 2020 yilda Trampning özi joriy qilgan sanksiyalarni çetlab ötiş umidini bermoqda. Bu sanksiyalar – Turkiyaning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimlarini xarid qilganidan söng, Anqaraga F-35 qiruvçi samolyotlarini sotib oliş yölini tösgan. Aslida Turkiya nafaqat xaridor, balki Lockhead Martin'ning qudratli samolyoti işlab çiqaruvçilari qatorida ham bor edi, ammo S-400 tufayli dasturdan çiqarib yuborilgan.
Sabab sifatida Anqara tomonidan Rossiya texnologiyalaridan foydalaniş orqali AQŞ harbiy ma’lumotlari oşkor bölişi xavfi körsatilgan edi.
NATOning ikkinçi yirik armiyasiga ega bölgan Turkiya Yaqin Şarq, Örta Yer dengizi va Qora dengizda kuçayib borayotgan tahdidlarga qarşi özining havo kuçlarini sezilarli darajada oşirişni istamoqda.
Suriya böyiça «e’lon»
Trampning Oq uyga qaytişi ortidan Turkiya va AQŞ – özaro munosabatlarda eng katta «muammo» bölgan Suriya böyiça moslaşdi. Endi AQŞ va Turkiya ikkalasi ham Suriya markaziy hukumatini qat’iy qöllamoqda.
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Xususan, Tramp matbuot anjumanida Erdöğanning Suriyadagi harakatlarini ham maqtadi. U kun oxirida Suriyaga oid «katta e’lon» berişi haqida va’da berdi, biroq tafsilot bermadi.
Suriya qariyb 14 yil davom etgan fuqarolik uruşidan keyin ötgan yil dekabrida diktator Başar Asadning hokimiyatdan ağdarilişi bilan yangi bosqiçga kirgan edi. Tramp ma’muriyati Asad davridagi inson huquqlari buzilişlariga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiliş jarayonini boşlagan.
«Menimça, prezident Erdöğan Suriyadagi muvaffaqiyat uçun, mamlakatni sobiq rahbaridan xalos qiliş uçun mas’uldir. U bu mas’uliyatni öz zimmasiga olmaydi, lekin bu buyuk yutuqdir,» dedi Tramp.
«Men ular nafas olişlari uçun sanksiyalarni olib taşladim, çunki u sanksiyalar juda qattiq edi,» deya qöşimça qildi Tramp.
Yadroviy energetika sohasidagi hamkorlik
Bundan taşqari, Turkiya va AQŞ payşanba kuni yadroviy energetika sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça anglaşuv memorandumi imzoladi.
Foto: Anadolu
«Oq uyga taşrifi doirasida ikki davlat yadroviy energetika yönalişidagi çuqur va köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş jarayonini boşlab berdi», deya ma’lum qildi Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraqtar.
«Biz strategik fuqaroviy yadroviy hamkorlik böyiça anglaşuv memorandumini AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan, ikki davlat rahbarlari iştirokida imzoladik,» dedi vazir. «Umid qilamanki, kelgusida uşbu kelişuv doirasida amalga oşiriladigan işlar ikki davlat uçun ham özaro foyda keltiradi», deya qöşimça qildi u.