Boş prokuratura huzuridagi departamentning Oltiariq tuman bölimi va  DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda, Oltiariq tuman markaziy poliklinikasi xodimasi N.R. fuqaro D.U.ning işonçiga kirib, tanişlari yordamida tuman tibbiyot birlaşmasiga işga joylaştirib qöyişi evaziga 1500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Nukus şahri bölimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, Ixtisoslaştirilgan endokrinologi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali xodimasi P.D. fuqaro N.G.ning işonçiga kirib, uni tibbiyot muassasalarining biriga işga joylaştirib qöyişi evaziga 15 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
  
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.