Mazkur kelişuv Çexiya boş vaziri Andrey Babişning Özbekistonga taşrifi doirasida boşlangan hamkorlikning amaliy davomi sifatida baholanmoqda.

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, Özbekistonning Çexiyadagi elçixonasi vakillari hamda Çexiya soğliqni saqlaş vaziri Adam Voytex iştirokida bölib ötgan uçraşuvda özbekistonlik tibbiyot mutaxassislarini Çexiya mehnat bozoriga tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelişuviga köra, nomzodlar çex tiliga öqitiladi, kasbiy tayyorgarlikdan ötkaziladi hamda Çexiyaning davlat va xususiy klinikalarida yuqori malakali lavozimlarga işga joylaştiriladi.

Şuningdek, ikki davlat örtasida dual ta’lim dasturlarini işlab çiqiş, diplom va kasbiy malakalarni özaro tan oliş jarayonlarini soddalaştiriş böyiça hamkorlikni yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Ma’lum qilinişiça, uşbu dasturni amalga oşiriş işlari 2026 yil sentyabr oyidan boşlanadi. Bu esa özbekistonlik tibbiyot xodimlarining Çexiyada rasmiy asosda mehnat faoliyatini boşlaşi uçun yangi imkoniyatlarni yaratadi.