Özbekistonda xizmat körsatgan irrigator, suv xöjaligi sohasining mutaxassisi Ismoil Jörabekov 28 sentabr kuni 94 yoşda vafot etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz’ning hukumatdagi manbalari tasdiqladi.

 

Ismoil Jörabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand viloyatida tuğilgan. U uzoq yillar davomida respublika melioratsiya va suv xöjaligi vaziri, Özbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi örinbosari kabi lavozimlarda işlagan.

Mustaqillikning ilk yillarida agrosanoat sohasini boşqargan, fuqaro muhofazasi işlari böyiça vazir bölgan, 1994–1998 yillarda boş vazir örinbosari – qişloq va suv xöjaligi vaziri bölib işlagan, 2000–2004 yillarda esa Özbekiston prezidentining qişloq xöjaligi masalalari böyiça davlat maslahatçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Faoliyatidagi uzoq yillik tanaffusdan keyin 2021 yilda suv xöjaligi vaziri maslahatçisi sifatida davlat işiga qaytgandi.

U «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan irrigator» va «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan quruvçi» faxriy unvonlari hamda «Mehnat şuhrati», «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uçun», «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenlari bilan taqdirlangan.