Katta karvon yöldan adaşmas yoxud Birinçi Prezidentimizning suyangan toğlari
|14:31 / 22.07.201948 50816 min
Foto: Mixail Metsel/TASSFoto: Mixail Metsel/TASS
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, yozuvçi Tölqin Eşbekning «Katta karvon yöldan adaşmas yoxud Birinçi Prezidentimizning suyangan toğlari» sarlavhali maqolasi UzA saytida e'lon qilindi.
Maqolada davlat va jamoat arboblari, Ismoil Jörabekov va Böritoş Şodiyeva, şuningdek ijtimoiy tarmoqlarda bu şaxslarning faoliyatiga oid muqaddam e'lon qilingan maqolalar haqida söz yuritiladi.
Ğoyat ulkan, zalvorli karvon!
Mustaqilligimiz asosçisi deya e'tirof etilgan Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov bu karvonga roppa-rosa 27 yil sarbonlik qildi. Dastlabki davr – 1989-1991 yillar benihoya oğir va xatarli damlar edi. Sobiq ittifoqda heç bir respublika rahbari özi bilganiça yoki xohlaganiça siyosat yurgizişi mumkin emasdi. Karvonning jilovi Moskvada edi…
Şunday oğir va murakkab zamonda Islom Abduğaneviç juda katta jasorat va siyosiy mahorat bilan Özbekistonni istiqlol sari boşlab keldi.
Şu örinda ikkita mulohaza.
Birinçisi, rahmatli Şarof Raşidovdan keyin Özbekiston ança yillar rahbarga yolçimay qolganini körib, aziyat çekkan edik. Xudo körsatmasin, öşa tahlikali ötiş yillarida kunimiz nomunosib kimsalarga qolganida bormidi… Bunday mustaqil davlat, dorilomon hayotni tuşimizda ham körmasmidik…
Ikkinçisi, Özbekistonni istiqlol sari boşlaşdek ğoyat zalvorli işni birgina şaxs bilan boğlamasligimiz kerak. Bitta şaxs hamma muammoni yolğiz özi hal etolmasligi kunday ravşan. Respublika yetakçisi bölgan Islom Karimov atrofida, qolaversa, Qoraqalpoğistondan tortib barça viloyatlarda yuzlab rahbar-kadrlar, mutasaddilar, deputatlar, ziyolilar, yozuvçi-şoirlar ham yeng şimarib kuraşganlarini yaxşi bilamiz. Faqat, mustabid tuzum davridan qolgan aqida: jamiyatdagi barça islohotlar, bunyodkorlik va boşqa yutuqlarni birinçi şaxs nomi bilan uluğlab gapiriş «odati» qolmagandi.
Demak, hayot haqiqati şu: barça muvaffaqiyatlarni ham, xato-kamçiliklarni ham bitta şaxs nomi bilan boğlamasligimiz kerak.
Istiqlolga erişgaç, faxrlansak arziydigan yutuqlarimiz köpayib borardi. Faqat, bu bunyodkor xalqimizning mehnatlari evaziga bölayotganini, har bir soha yetakçisining uluşi, hissasi qay darajada bölayotganini aytiş «odati» yöq edi.
Aytaylik, mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişda Ismoil Jörabekovning xizmatlari qançalik ulkanligini yaxşi bilardik. Oddiy odamlar orasida u kişi haqida «Prezidentning eng işongan kadri» degan fikr yurardi. Biroq, bu uluğ siymoni ibrat qilib körsatadigan biror oçerk yoki maqola yozilganini bilmayman.
Mavzuga oid
Yana bir uluğ siymo – Böritoş Şodiyevani ham butun xalqimiz yaxşi bilar, hurmat qilar, köpçilik haqli ravişda faxrlanardi. 1999-2000 yillarda men Oliy Majlis binosi birinçi qavatida joylaşgan Markaziy saylov komissiyasi Matubot guruhida faoliyat körsatgan davrimda köp deputatlar faoliyatini yaqindan örganib, hatto «Özbekistonda qonun çiqaruvçi hokimiyatning jamoatçilik bilan aloqalari va ommaviy axborot vositalari» degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasi ham yozib, himoya qilganman. Öşa kezlarda Oliy Majlis raisining örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan Böritoş Şodiyeva haqida ham oddiy odamlar «Prezidentning eng işongan kadri» degan fikrda edi. Afsuski, bu fidoyi opa haqida ham esda qoladigan oçerk öqimadim.
Vatan tarixi – şaxslar faoliyati bilan payvastadir. Demak, biz qaysiki davr haqida yozmaylik, söz yuritmaylik, albatta, öşa paytda kim nima işni qoyil qilgani haqida ham xolis fikr yuritmoğimiz lozim.
Kezi kelganda şunday siymolar haqida «Vatan arboblari» degan turkum oçerklar yozgim keladi va albatta yozaman ham!
Hozirgi katta avlod şuurida bir ğalati hol «muhrlanib» qolgan. Birinçi rahbarni tirigida maqta, ölganidan keyin yomonla! Bu «an'ana» sobiq mustabid tuzum davrida «ijtimoiy voqelik» sifatida ongimizni «zabt» etdi. Stalinni qoralaşdi, keyin Xruşçev, Brejnev, Andropov, Çernenkolarni ölganidan keyin yomonotiq qilişdi.
Özbekistonda ham vafotidan keyin Şarof Raşidovning qabrini bezovta qilişgaça borişdi… Uni «şarofraşidovçilik» deya kimözarga yomonlaydiganlar urçib ketdi.
Hayot haqiqatini qarangki, özbek xalqining buyuk farzandi, uluğ davlat va jamoat arbobi bölgan Şarof Raşidovning nomi barhayot siymolar qatorida tarix zarvaraqlariga bitildi. Öşanda akillagan kimsalar karvon ortidan hurib qolgan itdek ötmiş çang-tözonlarida qolib ketdi!
Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov vafotidan keyin xalqimiz yana şunday sinovlarni boşidan keçirmoqda. «Qoralaş boşlansa» ustamonlar toş otişga payt poylab turişgani sir emas… Kimnidir yomonlab, kimgadir yaxşi körinaman, deydiganlardan heç qaçon yaxşilik çiqmaydi.
Mard va olijanob Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev öz vaqtida Birinçi Prezidentimiz faoliyatiga bergan eng xolis siyosiy bahoni butun xalqimiz juda qoniqiş bilan qabul qildi. Bu haqda yana bilişni istaganlar davlatimiz rahbarining «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» («Özbekiston», 2017 yil), «Milliy taraqqiyot yölimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqiçga kötaramiz» (1-jild. «Özbekiston», 2017 yil), «Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir» (2-jild. «Özbekiston», 2018 yil) deb nomlangan kitoblaridan teran nigoh ila öqib olişlari mumkin.
Tagsarlavhamizni «Birinçi Prezidentimizning suyangan toğlari» deb yozgan edik. Xöş, öşa toğlar kimlar edi, degan savolga endi muxtasar javob aytsak böladi. Yuqorida sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan ikki siymo nomini tilga olgan edik. Agar röyxatni ulardan boşlasak, bu yoği mubolağasiz – yigirma milliondan oşişi aniq! (Bu röyxatga hali ona suti oğzidan ketmagan yoşlarni sun'iy ravişda kiritmadik). Ular – 1989 yilda voyaga yetib, es-huşini tanigan avloddan tortib bugungi kungaça yurt ravnaqi yölida halol mehnat qilib kelayotgan zamondoşlarimizdir.
Töğri, 27 yil mobaynida köp işlar qilindi. Biroq, qilişimiz zarur bölgan işlarimiz undan-da köproq edi. Qaysidir mutasaddilarning loqaydligi bilan qator sohalarda turğunlik holati yuz berib, muammolar urçib ketgan. Mansabini suiiste'mol qilib, jinoyat botqoğiga botganlar, korrupsiyani avj oldirganlar ham kam emas. Bu masalada ayon haqiqat şu: har kim özi uçun javob beradi! Har bir jinoiy işga qöl urgan mutsaddi qilmişiga yaraşa özi javob berişi şart.
Şundoq islohotlar izçil davom etayotgan bir pallada jamiyatimiz hayotini yanada murakkablaştirişga, odamlarda norozi kayfiyat uyğotişga çiranganlar Birinçi Prezidentimizning ruhini bezovta qilişga urinmoqda…
Şukrki, yurtimizdan millat ğururini, ötgan ajdodlar ruhini toptaydigan nomard çiqqani yöq! Heç qaçon çiqmasa ham kerak! Faqat, yurtdan özlariça boş olib ketgan tört-beşta alamzada ijtimoiy tarmoqlar orqali bearmon yomonlab kelmoqda. Ularga nisbatan yurtimizda «It hurar, karvon ötar» maqoliga monand munosabatda bölib kelinmoqda. Ular ming yomonlamasin, rahmatli Birinçi Prezidentimiz yomonotliq bölib qolmaydi! Qolaversa, inson şa'ni qonun bilan himoyalanişini ham unutmaslik kerak. Har kim öz qilmişi, nojöya gap-sözlari uçun bu dunyoi u dunyo javob berişi azaliy hikmatdir.
Aslida, ularning özlari şu yurt, el uçun nima karomat körsatgan ekan, degan savolni dangal beradigan davr keldi. Xöş, siz öz manfaatingizdan bölak bu yurt uçun qanday işni qoyil qildingiz?
Xöş, ötib ketgan siymoni yomonlayotganlarning özlari yaxşi odamlarmi? Özlari yaxşi bölganida ötib ketgan insonni yomonlarmidi? Haqiqiy yaxşi inson hatto yomonni ham yomonlamaydi, degan hikmatga amal qilişmaydimi? Ularning gapiga işonganlar nimaga erişişi mumkin? Aqlli insonlar umuman birovga toş otmaydi, ötganning orqasidan yomonlamaydi, vassalom.
Ming qatla şukrki, kunimiz sizdaqalarga qolmagan!
Özbekistonda sizlardan ming çandoq aqlliroq, farosatli, ma'naviy yuksak insonlar sonmingta! Ularning har biri öşa 27 yil mobaynida öz burçini halol bajarib, jamiyat ravnaqiga baholi qudrat öz hissasini qöşib kelmoqda.
Öşa murakkab davrni öz közi bilan körib, ulkan bunyodkorlik işlarida javlon urgan katta avlodga mansub kişilar sizning fisqu-fasodingizni sariq çaqaga olgani yöq va olmaydi ham!
Jurnalistik kuzatuvim va özimga yaraşa fikrimga ega ijodkorman. Ötgan davr mobaynida jamiyatimizda yuz bergan salbiy holatlar, korrupsiya va boşqa illatlar haqida ham yaxşi bilaman.
Yillar mobaynida paydo bölgan muammolarni ijobiy hal etişga dadil kirişgan muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning islohotlarini butun xalqimiz sidqidildan qöllab-quvvatlamoqda! Davlatimiz rahbarining salbiy illatlarga qarşi kuraşdagi matonatiga hamma birdek tan bermoqda.
Biz jamiyat hayotiga daxldor biror xatoni töğrilaş yoki muammoni hal etiş barobarida kimnidir yomonotliq qiladigan millat emasmiz.
Nima bölsa asli naslida bölgan, deganlaridek, bugun ötgan rahbarimizni yomonlaydiganlarning qoni şunaqa ekanligi ayon. Yomonlaş ularning genida – uruğida bölsa ajabmas. Ularning ota-buvasi bizning buyuk ajdodlarimizni yomonlab ötgan. Ertaga bugungi Vatan fidoyilarini xuddi şu zaylda yomonlaşi şubhasiz. Şu örinda quyidagi hikmatli satrlarni yodga oliş örinlidir:
Illat izlaganga illatdir dunyo,
Ğurbat izlaganga ğurbatdir dunyo.
Kim neni izlasa, topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
Yuqorida özim yaxşi tanigan, bilgan ikki uluğ siymoning nomlarini bekorga tilga olmadim. Sönggi paytlarda ba'zi ijtimoiy tarmoqlarda ular şa'niga bölmağur gaplar yozilayotganini körib hayron qoldim.
Ismoil Jörabekov bilan suhbat qilgan jurnalist hamkasbimiz maqolasiga «Köprik yoxud Prezidentning bajarilmagan topşiriği» deya sarlavha qöyişidan maqsadi – şov-şuvga öçroq öquvçilarning e'tiborini qozoniş bölgani sezilib turibdi-ku.
Böritoş Şodiyeva bilan suhbat qilgan hamkasbimiz ham «Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning maxfiy topşiriği» deb sarlavha qöyiş bilan qanday maqsadni közlagani ayondir.
Har ikkala suhbatda ham Birinçi Prezidentimizning Oliy boş qömondon sifatidagi qirralari öziga xos ravişda oçib berilgan xolos. Öşa davrda uning suyangan toğlari bölgan siymolar ham biror salbiy gap aytişmagan.
Ikkala suhbat ham endigina mustaqil davlat sifatida qaddini rostlayotgan Özbekistonimizni yovuz kuçlardan asraş yölida yuz bergan voqealar haqida. Öşa davrdagi Oliy boş qömondonimizning harbiy taktikasi xotirlangan xolos. Bu mavzu hamma uçun qiziqarli, albatta. Biroq, bu gaplardan biror fojia yasaşga hojat yöq-ku.
Ilgari bunday mazmundagi maqola yo suhbatlar xorijiy saytlarda yoritilar va göyo ular «qahramon»ga aylanişardi. Söz erkinligi keng quloç yozayotgan sönggi yillarda ÖzA undanda dadil mavzulari bilan axborot maydonini zabt etayotgani quvonarli hol. ÖzAni hamma birdek kuzatib turganini feysbukda hozirjavoblik bilan yoritilayotgan munosabatlardan ham bilsa böladi. Köp şovvozlar ÖzAni manba sifatida körsatgan holda fikrnomalarini bayon etişayotir. Bu fikrlar, munosabatlar orasida xalqçil, haqqoniy mulohazalar ham kam emas. Ba'zilarini öqib, milliy uyğoqlik, vatanparvarlik tuyğularini his etayotganlarga tasanno aytging keladi. Demak, ona Vatanimiz taqdiriga befarq qaramaydigan fidoyilar köpligidan xursand bölasan. Biroq, mudom suvni loyqalatişni «kasb» qilib olgan ayrim kimsalar bilib-bilmay, öylamay-netmay, mavzuning mohiyatiga unça tuşunmay özgalarga loy çaplayotganlari juda taajjubli holdir. Umrini el-u yurt xizmatiga baxşida etib kelayotgan davlat va jamoat arbobi Böritoş Şodiyeva şa'niga töğri kelmaydigan ba'zi gaplarni öqib, oçiği, juda ranjidim. Zamonamiz Tömarisi deya e'zozlaşga munosib bölgan hurmatli opamizni sadoqat timsoli, degim keladi. Uning sadoqatini ona Vatani, xalqi, köp yillar bir safda faoliyat körsatgan Birinçi Prezidentimiz va hamkasblariga bölgan hurmat-e'tibori misolida ham köriş mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda rosa şov-şuv qilsak böladigan yana bir qiziq mavzu çiqib qoldi. Mazkur maqolamning dastlabki variantini saytimizda yoritgan kunim yoşi saksonga yaqinlaşayotgan hurmatli ustozlarimdan biri menga qönğiroq qildi:
– Hammaning dilidagi gaplarni yozibsiz,– dedi avval tabriklagan bölib. Keyin xomuş ohangda davom etdi – Afsuski, ba'zilar suvni loyqalatişga, hamma yoqni alğov-dalğov qilişga urinayotganga öxşaydi. Uyalmay-netmay mening huzurimga kelib, nima deydi deng: «Birinçi Prezidentimizning xatolarini foş qiladigan, qoralaydigan davr keldi. Ana, falonçi-pismadonçilar bilganlarini aytdi. Siz ham uning yonida köp yurgansiz. Xatolari haqida intervyu bering yoki özingiz yozasizmi?». Kutilmagan bu gap menga qattiq zarbadek ta'sir qildi…
– Öşa odamning kimligini aytsangiz, özim bir gaplaşib körardim, – dedim bosiqlik bilan. – Qani maqsadlari nima ekan?..
– U bilan suhbatimiz oxiriga yetmadi, – dedi suhbatdoşim endi jöşqin bir ohangda. – Özim bir örganay-çi, keyin, kerak bölsa boplab adabini beramiz!
Demak, masala ravşan. Yuqoridagi suhbatlarni uyuştirişlari va intervyu berganlarni ijtimoiy tarmoqlarda yomonotliq qilişlari ham tasodifiy emas. Katta yoşdagilarning qöli bilan Birinçi Prezidentimizga toş otiş, keyin internetda kimligini tanib bölmaydigan kimsalar nomidan bugungi millat yetakçilarini yomonotliq qiliş rejasi puxta işlab çiqilganga öxşaydi…
Ey, millatim, elim, yurtim degan aziz zamondoşlar! Mafkura maydonida közni yanada kattaroq oçadigan, çinakam ogoh böladigan, qölni qölga mahkam berib Vatan şa'ni uçun kuraşadigan zamon kelibdi!
Bu kuraşda oğir-vazminlik va oqillik bilan iş tutganlar ğolib böladi. Millatini, ğururini, ötmişdoşlarini toptaşga yöl qöymaydiganlarning qöli balandroq keladi.
Oriyatli insonlar Vatan uçun jonini baxşida etib ketganlarning qadriga yetadigan mard va jömard böladilar. Ular heç qaçon öz manfaatlari uçun keçagi kuniga, öz burçini bajarib ketgan Birinçi Prezidentiga toş otişlariga aslo yöl qöymaydi!
Bugun nomardlik qilayotgan ayrim buzğunçilardan esa heç qaçon yaxşilik kutib bölmaydi.
Globallaşgan zamonda biz yon-verimizga, kerak bölsa, butun dunyoga teran nigoh ila boqişimiz lozim. Xöş, bugun qaysi mamlakatda ötib ketgan rahbarini qoralab, nomini bulğab yaşayotgan ekanlar? Ötganlarga toş otib baraka topgan bormikin bu dunyoda?
Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning Jorj Vaşingtondan yo Mustafo Kamol Otaturkdan qayeri kam?
Mustaqil davlati asosçisi bölgan uluğ siymolarining qadrini bilgan, nomini şaraflagan AQŞ va Turkiya bugun havas qilsa arziydigan davlatlarga aylandimi, demak, biz ham şunday tajribadan andoza olib yaşasak maqsadga muvofiq bölur edi.
Bugun rivojlangan davlatlar qatoridan örin olayotgan Özbekistonimizning hayot karvoni ğoyat zalvorli. Bu buyuk karvon heç qaçon töğri yöldan adaşmaydi. Ziyolilarimiz, millat fidoyilari ötmişiga hurmat bilan qaraydi, ötib ketgan uluğ siymolariga toş otişlariga yöl qöymaydi!
Katta karvon uluğ maqsadlar sari olğa qadam taşlar ekan, unga yöldoş mard va olijanob insonlarning ğururi, oriyati va ma'naviyati ham şunga yaraşa böladi.