1990 yillarda davlat agrosanoatini boşqargan, 1994-1998 yillarda qişloq va suv xöjaligi vaziri bölib işlagan, 2000-2004 yillarda esa Özbekiston prezidentining qişloq xöjaligi masalalari böyiça davlat maslahatçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan Ismoil Jörabekov Özbekiston va Afğonistonni boğlab turuvçi köprik haqidagi öz xotiralari bilan örtoqlaşdi. Bu haqda ÖzA yozyapti.

Ismoil Jörabekov

Quyida uning xotiralari taqdim etiladi:

Bu voqeani aslo unutmayman. Çunki men uçun eng dahşatli va ayni paytda eng quvonçli xotiraga aylangan. Dahşatli deyişimning boisi, Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti marhum Islom Karimovning buyruğini bajarmaganim edi.

Xotiram pand bermagan bölsa, öşa kuni ertalab edi. Islom Karimov huzuriga çaqirib, Amudaryo ustiga qurilgan köprik ustida bölayotgan ayançli vaziyatni qisqaça tuşuntirdi-da, maxsus tuzilgan komissiyaga rahbar etib tayinlanganimni, hoziroq voqea yuz bergan joyga yetib borib, köprikni egallab olgan afğonistonliklardan tozalaşimni va uni darhol portlatib yuborişimni qattiq tayinladilar.

Bu payt men Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlar edim. Rostini aytsam, öşa paytda köprik ustidagi vaziyat haqida töliq tasavvurga ega bölmagan holatimda bunday muhim topşiriqni menga işonib topşirgani uçun xursand böldim. Axir ne-ne generallar, vazirlar va boşqa yuqori lavozimli şaxslar bor edi-da.

Komissiyaga kimlar kiritilganini bilgaç, “bajaraman!” deya yölga tuşdim. Köprik töğrisida ança ma'lumotga ega edim. U sobiq Sovet ittifoqining Örta Osiyodagi eng katta va qurilişi salkam tört yil davom etgan ulkan inşootlardan biri edi. 1970 yillarda qurilişi boşlangan bölsa, 1974 yilga kelib foydalanişga topşirilgan.

Mazkur köprik orqali nafaqat qöşni respublikalarning, balki butun Yevropa mamlakatlarining Afğoniston xalqiga körsatiladigan insonparvarlik yordamlari: oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-keçaklar ortilgan transport vositalari öta boşlagan edi.

Şuning uçun ham strategik ahamiyatga ega bölgan muhim obekt sanalardi. Bizning askarlar tomonidan jiddiy qöriqlanardi. Boisi afğon yurtida fuqarolik uruşlari töxtamagan, har xil guruhlar, tödalar paydo bölib, hokimiyat uçun kuraş olib borar, buning oqibatida oddiy odamlar jabr-sitam körardi.